Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining xalqaro aloqalar boshqarmasi Xitoy xalq Respublikasi hukumatining yetakchi oliy oʻquv yurtlarida oʻqish boʻyicha stipendiyasi uchun tanlov oʻtkazilayotganini eʼlon qiladi. Batafsil maʼlumotni www.campuschina.org veb-saytida olishingiz mumkin.
Ariza berish va onlayn roʻyxatdan oʻtish muddati – 2022-yil 24-yanvar.
Shu munosabat bilan, soʻrovnomani toʻldirib, 2022 yil 24 yanvardan kechiktirmay (onlayn formatda saytda) ariza topshirishingizni soʻraymiz va ariza berilganiligi haqida xabar, shuningdek, pasport nusxasi va obyektiv maʼlumotnomani institut xalqaro aloqalar boʻlimiga taqdim etishingizni soʻraymiz.