Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Hurmatli ustozlar va murabbiylar!

  Siz haqingizda, Sizning cheksiz sadoqat va matonatingiz toʻgʻrisida eng munosib soʻzni topib aytish mushkul boʻlgan. Sizning yorqin timsolingiz, fidokorona kasbu koringizni oʻzi bir maktab. Asrlar osha katta tajriba maydonida sinalib, tinimsiz rahmatli mehnatlar evaziga ilmdan mahobatli qoʻrgʻon yarata olgan Ustoz va murabbiylarimiz nafaqat bugun, balki ertangi kelajakning ham maʼnaviy xazinaga daxldordirlar.

  Samarqand davlat tibbiyot institutini jamoasini, professor-o‘qituvchilarini ham bugungi koronavirus bilan kurashdagi va aholi orasida vaksinatsiya jarayonlarini faol o‘tkazishdagi munosib hissalarini, yoshlarni tarbiyasidagi xizmatlarini, halqimizni samimiy hurmati borligini e’tirof etmoqchiman.

  Bayramingiz arafasida hammangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

  Barchangizga Ustozlar va murabbiylar Kuni muborakbod bo‘lsin!

  Cheksiz hurmat va ehtirom ila,


SamDTI Rektori professor Jasur Rizayev