Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Doktoranturaga qabul boshlanishi toʻgʻrisida eʼlon!

2021-yil 20-avgustgacha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 2021-yil 3 chorak (kvartali) uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul davom etadi. Maʼlumot uchun ilmiy boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin.

1. Falsafa fani doktorligiga quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:

magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan ikkita maʼruza tezislariga ega boʻlganlar.

PhD mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

• ariza;

• qisqacha biografik maʼlumotnoma;

• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

• oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

• nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.

phd.mininnovation.uz veb sayti orqali roʻyxatdan oʻtish

2. DSc mustaqil izlanuvchi doktoranturaga quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish.

DSc mustaqil izlanuvchi doktoranturada oʻqishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

• ariza;

• qisqacha biografik maʼlumotnoma;

• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

• oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

• tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi.

phd.mininnovation.uz veb sayti orqali roʻyxatdan oʻtish