Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot institutida magistraturaga kirish imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Abituriyentga eslatma:

1.Imtihonga faqatgina original pasport bilan ro'xsat beriladi (pasport nusxasi bilan imtihonga qoʻyilmaydi).

2.Magistratura abituriyentlari kirish test sinovlari Samarqand davlat tibbiyot institutida abituriyent tanlagan (oʻzbek yoki rus) tilda topshiradilar. Kirish imtihonining birinchi bosqichida bilim darajasini baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil qiladi. Sinov maxsus test koʻrinishda kiruvchining tanlangan mutaxassislik boʻyicha nazariy bilimini aniqlaydi. Har bir test varianti jami 50 ta savollardan tashkil topib, har bir toʻgʻri javob 2,0 ball bilan baholanadi. Test topshirish jarayoniga 1 soat vaqt beriladi.

3.Abituriyent test imtihon kuni 24 soat ichida appelyatsiyaga berishi mumkin. Bu jarayon appelyatsiyaga berilgan hujjat tushgan paytdan boshlab 1 kun ichida koʻrib chiqiladi.

4.Kirish test sinoviga kechikkan talabalar imtihonga kiritilmaydi.