Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQARO TA’LIM FAKULTETINI QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL E’LON QILADI!

  Bakalavriat

  Joriy yilning 3-avgustidan 20-avgustigacha Samarqand davlat tibbiyot institutida 2021/2022 oʻquv yili uchun Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Polsha Respublikalari bilan hamkorlikda bakalavriat va magistratura taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul amalga oshirilmoqda.

  Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot univeriteti bilan hamkorlikda:

“Davolash ishi” qoʻshma taʼlim dasturi (qabul kvotasi 50 oʻrin). Oʻqish muddati 6 yil (3+3).

Taʼlim tili – rus tili. Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, rus tili. Toʻlov kontrakt miqdori ≈27,1 mln. soʻm.

“Stomatologiya” qoʻshma taʼlim dasturi (qabul kvotasi 50 oʻrin). Oʻqish muddati 5 yil (3+2).

Taʼlim tili – rus tili. Toʻlov kontrakt miqdori ≈27,1 mln. soʻm.

“Pediatriya ishi” qoʻshma taʼlim dasturi (qabul kvotasi 50 oʻrin). Oʻqish muddati 6 yil (3+3).

  Taʼlim tili – rus tili. Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, rus tili. Toʻlov kontrakt miqdori ≈27,1 mln. soʻm.

  Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetida “Shaxsiy kabinet” ochishlari (https://lka.pimunn.net) . Shu bilan bir qatorda, http://doubled.sammi.uz/ platformasida tegishli maʼlumotlar kiritilishi va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklanishi talab etiladi.

- SamDTI rektori nomiga ariza (shaklni yuklab oling). Abituriyent toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilishi lozim (yashash manzili, elektron pochta manzili, telefon raqamlari);

- Attestat yoki diplom, olingan baholar ilovasi bilan;

- Milliy pasport (bosh sahifasi va turar joyda roʻyxatga olinganlik belgisi);

- Fotosurat (3,5 x 4,5 sm).


  Rossiya Federatsiyasining V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda:


“Farmatsiya” qoʻshma taʼlim dasturi (qabul kvotasi 20 oʻrin). Oʻqish muddati 5 yil (3+2).

  Taʼlim tili – rus tili. Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, rus tili. Toʻlov kontrakt miqdori ≈27,1 mln. soʻm.

  Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar http://doubled.sammi.uz/ platformasida tegishli maʼlumotlar kiritishlari va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

- SamDTI rektori nomiga ariza(shaklni yuklab oling). Abituriyent toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilishi lozim (yashash manzili, elektron pochta manzili, telefon raqamlari);

- Attestat yoki diplom, olingan baholar ilovasi bilan;

- Milliy pasport (bosh sahifasi va turar joyda roʻyxatga olinganlik belgisi);

- Fotosurat (3,5 x 4,5 sm).


  Rossiya Federatsiyasining I.N. Ulyanov nomidagi Chuvashiya davlat universiteti bilan hamkorlikda:

“Psixologiya (klinik psixologiya)” qoʻshma taʼlim dasturi (qabul kvotasi 15 oʻrin). Oʻqish muddati 5 yil 6 oy (3+2.5).

  Taʼlim tili – rus tili. Kirish imtihon bloklari: biologiya, jamiyatshunoslik, rus tili. Toʻlov kontrakt miqdori ≈20,4 mln. soʻm.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar http://doubled.sammi.uz/ platformasida tegishli maʼlumotlar kiritishlari va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

- SamDTI rektori nomiga ariza(shaklni yuklab oling). Abituriyent toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilishi lozim (yashash manzili, elektron pochta manzili, telefon raqamlari);

- Attestat yoki diplom, olingan baholar ilovasi bilan;

- Milliy pasport (bosh sahifasi va turar joyda roʻyxatga olinganlik belgisi);

- Fotosurat (3,5 x 4,5 sm).


Ukraina Respublikasining Ya.B. Gorbacheskiy nomidagi Ternopol milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda:


“Oliy hamshiralik ishi” qoʻshma taʼlim dasturi (qabul kvotasi 25 oʻrin). Oʻqish muddati 3 yil (2+1).

  Taʼlim tili – rus tili. Kirish imtihon bloklari: biologiya, hamshiralik ishi, rus tili. Toʻlov kontrakt miqdori ≈15,0 mln. soʻm.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar http://doubled.sammi.uz/ platformasida tegishli maʼlumotlar kiritishlari va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

- SamDTI rektori nomiga ariza(shaklni yuklab oling). Abituriyent toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilishi lozim (yashash manzili, elektron pochta manzili, telefon raqamlari);

- Attestat yoki diplom, olingan baholar ilovasi bilan;

- Milliy pasport (bosh sahifasi va roʻyxatga olinganlik belgisi);

- Fotosurat (3,5 x 4,5 sm).


Polsha Respublikasi National Louis University Oliy biznes maktabi bilan hamkorlikda:


“Menejment: sogʻliqni saqlash menejmenti” qoʻshma taʼlim dasturi (qabul kvotasi 15 oʻrin). Oʻqish muddati 4 yil (3+1).

Taʼlim tili – rus tili. Kirish imtihon bloklari: matematika, biologiya, rus tili. Toʻlov kontrakt miqdori ≈20,4 mln. soʻm.

  Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar http://doubled.sammi.uz/ platformasida tegishli maʼlumotlar kiritishlari va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

- SamDTI rektori nomiga ariza (yuklab oling). Abituriyent toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilishi lozim (yashash manzili, elektron pochta manzili, telefon raqamlari);

- Attestat yoki diplom, olingan baholar ilovasi bilan;

- Milliy pasport (bosh sahifasi va roʻyxatga olinganlik belgisi);

- Fotosurat (3,5 x 4,5 sm).


Magistratura


Polsha Respublikasi National Louis University Oliy biznes maktabi bilan hamkorlikda:


“Menejment: sogʻliqni saqlash menejmenti” qoʻshma magistratura taʼlim dasturi (qabul kvotasi 5 oʻrin). Oʻqish muddati 2 yil (1+1).

Taʼlim tili – rus tili. Kirish imtihon bloklari: mutaxassislik fani, rus tili. Toʻlov kontrakt miqdori ≈25,1 mln. soʻm.

  Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar http://doubled.sammi.uz/ platformasida tegishli maʼlumotlar kiritishlari va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

- SamDTI rektori nomiga ariza (shaklni yuklab oling). Abituriyent toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilishi lozim (yashash manzili, elektron pochta manzili, telefon raqamlari);

- Diplom va uning ilovasi;

- Milliy pasport (bosh sahifasi va roʻyxatga olinganlik belgisi);

- Fotosurat (3,5 x 4,5 sm).


Ukraina Respublikasining Ya.B. Gorbacheskiy nomidagi Ternopol milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda:

“Oliy hamshiralik ishi” qoʻshma taʼlim dasturi (qabul kvotasi 5 oʻrin). Oʻqish muddati 2 yil (1+1).

Taʼlim tili – rus tili. Kirish imtihon bloklari: mutaxassislik fani, rus tili. Toʻlov kontrakt miqdori ≈20,4 mln. soʻm.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar http://doubled.sammi.uz/ platformasida tegishli maʼlumotlar kiritishlari va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

- SamDTI rektori nomiga ariza (shaklni yuklab oling). Abituriyent toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilishi lozim (yashash manzili, elektron manzili, telefon raqamlari);

- Diplom va uning ilovasi;

- Milliy pasport (bosh sahifasi va roʻyxatga olinganlik belgisi);

- Fotosurat (3,5 x 4,5 sm).

http://doubled.sammi.uz/ platformasida barcha maʼlumotlar lotin grafikasida toʻldirilishi lozim.

Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.Murojaat uchun telefon: +998662332744 +998979179173

Haftaning ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha murojaat etishingiz mumkin.