Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​20-iyundan akademik litseylarga qabul boshlanadi

  Joriy yil 20-iyundan akademik litseylarda 2021/2022 oʻquv yili uchun oʻquvchilarlardan hujjatlarini qabul qilish boshlanadi.

  Oʻquvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar akademik litseylarda tashkil etilgan Maslahat kengashlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  Taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili, shakli koʻrsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yoʻnalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihonni topshirish hamda imtihonni oʻtkazish qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);

- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport/ID-karta) nusxasi;

- 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 6 ta rangli fotosurat (oq fonda).

- Bundan tashqari hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali yurtimizdagi akademik litseylarga oʻquvchilar oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha onlayn topshirishlari ham mumkin boʻladi.

  Oʻqishga imtiyozli kirish huquqiga ega boʻlgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar gʻoliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni ham topshiradilar.

  Hujjatlarni qabul qilish 30-iyunga qadar davom etadi.