×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar universitet Davolash fakulteti dekani Lutfullayev G`.U tomonidan tasdiqlangan - ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo`l xaritasi asosida olib boriladi. Kafedrada 2017-2021 yillardagi O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini,Davlat dasturiga bag`ishlangan plakatlar va Yoshlar faoliyatini takomillashtirish bo`yicha 5-tashabbus stendlari ko`rgazmali tashkil qilingan.

  Kafedraga biriktirilgan barcha guruh kuratorlarining ish rejalari va uchrashuv bayonnomalari mavjud. Har payshanba kuni kafedraning mas’ul assistenti Safarova M.P. boshchiligida kafedra xodimlari va studentlar ishtirokida yo`riqnoma asosida ma’naviyat soatlari uzluksiz olib boriladi, bayonnomalarga qayd etiladi. Barcha guruh raxbarlari o`ziga biriktirilgan talabalar bilan muntazam uchrashuvlar o`tkazadilar.

Studentlarga odob-axloq me`yorlari haqida tushuntirish ishlari olib boriladi,ommaviy ma`daniyat, kiyinish odobi, nos, sigaret chekish va spirtli ichimliklar qabul qilishni zarari haqida tushuntirish o`tkazilib boriladi.Institut ma’naviyat va ma’rifat bo`limi tomonidan taqdim qilingan «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi», «Zararli illatlarga qarshi kurashish», Covid-19 bo`yicha batafsil ma’lumotlar berildi, taqdimotlar o`tkazildi va tushuntirish ishlari olib borildi.Ijarada yashovchi studentlar yashash manziliga borib ijarachilar bilan uchrashdi.

  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qarorlari va 2017-2021 yillardagiO`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi va Prezident Sh.Mirziyeev tomonidan ishlab chiqilgan yoshlarni qo`llab- quvvatlash maqsadidagi «Beshta tashabbus» muntazam o`rganilib, kafedra xodimlari va studentlar o`rtasida batafsil muhokama qilindi.

  Sog`lom turmush va jismoniy madaniyatni shakllantirish bo`yicha olib borilgan ishlar:

  Studentlarga sog`lom turmush tarzi haqida suhbatlar tashkillashtirildi. Kafedrada tahsil olgan studentlarga murojaati bo`yicha tibbiy yo`rdam ko`rsatiladi.

  Jumladan butunjahon OITSga qarshi kurash kunidas tudentlarbilan uning yuqish yo`llari va kasallik alomatlari, keltirib chiqaradigan asoratlari haqida to`lik ma’lumot berildi, «Zararli illatlarga qarshi kurashish» mavzusida Samarqand shahrida o`tkazilgan shoshilinch reyd taqdimoti namoyish qilindi vasog`lom turmush tarzini shakllantirish bo`yicha tavsiyalar berildi.

  Kuratorlik guruhlari bilantarixiy obidalarva ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirildi. 2020 yil 7 mart kuni Murabbiylik guruhlari bilan 10-Mexribonlik uyiga tashrif buyurib, bayram tadbiri tashkil qilindi, dotsent Xoljigitova M. B.va assistent Oqboyev T.A. «Covid-19» pandemiyasini davolash va qarshi kurashishbo`yichaviloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida faoliyat olib bordi.

  Dotsent A. D. Dusanov Jizzax viloyatining Sardobada yuz bergan suv toshqini natijasida jabrlangan aholigamalakali tibbiy yordam ko`rsatish vadavolash ishlarida (2-7 may kunlari)faol qatnashdi.

  Dots.Xoljigitova M.B.10.11.2020 yil «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4887-sonli Qarori qabul qilindi va aholi salomatligini yanada mustahkamlash xamda tibbiyot tizimida davolash sifati va samaradorligini yaxshilash bo‘yicha, 30.10.2020 yil «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarito‘g‘risida» PF-6099-sonli Farmonini ijrosini ta’minlash borasida tumanlarda ma’ruzalar bilan seminar-treninglar tashkil qilishda faol qatnashdi.

Pastdarg`om tumanida o’tkazilgan seminardan lavha.

  Covid-19 infeksiyasi tarqalishi va uning oldini olish chora tadbirlari borasida qilinayotgan ishlar doirasida kafedra professor o’qituvchilari faol qatnashmoqda. Qo’shrabot tumaniga biriktirilgan xodimlar tuman kasalxona- poliklinikalariga borib, COVID-19 ning oldini olish va vaksina bo’yicha, emlanishning afzalliklari haqida muntazam seminarlar o’tkazib, savollarga javob bermoqdalar.

  Dotsent A.D. Dusanov 2020-yil mart oyida Samarqand televideniyas iorqali «Ovqatlanish madaniyati» bo`yicha, 2020 yil iyunda O`zbekiston televideniyasining «O`zbekiston-24» kanalida va Samarqand televideniyasining «Diyor» kanaliorqali «Covid-19»va karantin qoidalariga rioya qilish mavzularida chiqish qildi.

  Dotsent A.D.Dusanov 2020-yil Ishtixon tumanidagi tibbiyot kollejida «Sog`lom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyati» mavzusida «Master klass» tadbiri o`tkazdi. Studentlar o`zlarini mavzu bo`yicha qiziqtirgan savollariga to`liq javob oldilar.