×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

   Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarga bo’lgan e’tibor yuksak darajada. Ayniqsa yosh ilmiy izlanuvchilarga bo’lgan e’tibor hamda ularga yaratilgan sharoitlar  yaxshi yo’lga qo’yilgan. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 3 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Jalalova D.Z., Qosimov R.E., Hamidova F.M.) va 5 nafar xodim (Tulakova G.E., Xamrakulov S.B., Boboyev S.S., Allayorov A.T., Egamberdiyeva M.E.) bir vaqtning o'zida asosiy tayanch doktoranturada o'qiydi.

    Oftalmologiya  kafedrasi professor-o’qituvchilarining   ilmiy-tadqiqot ishlari va nashr natijalari to’g’risida ma’lumot: Xozirgi kunga kelib kafedrada 14 nafar xodim:1 ta  professor, 4 ta dotsent, 1 tatibbiyot fanlar doktori va 8 ta o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar, Ilmiy saloxiyat– 42,85%.

    Shu yil xisobiga quyidagi maqolalar: jami–55 ta, shulardan: respublikada:  26 ta, xorijda: 29 ta, Scopus va Web of Science: - 4ta, bitta elektron darsliklar, 4 ta monografiya, 3 o’quv qo’llanma chop etilgan.

O’quv qo’llanmalar.

Monografiyalar.

Elektron dasturlar




    So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 4 ta darslik, 6 ta o'quv qo'llanma, 4 ta monografiya, 8 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar.

    Bizning kafedramiz Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko’p tarmoqli klinikasi Ko’z kasalliklar bo’limida joylashganligi sababli kafedramiz xodimlari bevosita bemorlarni tekshirish, davolash hamda murakkab jarroxlik amaliyotlarini amalga oshirib kelmoqda.

Kafedramiz xodimlari tomonidan miopiya kasalligi, g’ilaylik, glaukoma, kasallliklarini davolashda o’ziga xos maktab yaratilganligini takidlab o’tish lozim. Bir yil davomida ko’z kasalliklari bo’limida 1200 ga yaqin bemor jarrohlik davo muolajalarini olib shifo topib ketayotganligi bizning ishimizning samarasini ko’rsatadi.