×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida o‘quv jarayonini tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan barcha hujjatlar (rektor buyrug‘i, fakultet dekani, kafedra mudiri topshiriqlari va boshqalar) o‘z vaqtida rejalashtirilgan va o‘rnatilgan tartibda yuritilib kelinmoqda. O’quv uslubiy ishlar kafedraning uslubiy kengashlarida ko’rib chiqilib tasdiqlanadi.

  Kafedrada o’zaro darslarga qatnashish, ochiq darslar o’tkazish, talabalarning mustaqil tayyorgarligi, o’quv xonalarini jihozlash, uslubiy va boshqa hujjatlarni o’rganish belgilangan reja asosida olib boriladi. 


  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tillar kafedrasida 2023/2024 o‘quv yili ishchi o‘quv rejasi asosida dars mashg’ulotlar www.mt.sammu.uz platformasi asosida tashkillashtirilgan va olib borilmoqda. Kafedra profesor-o’qituvchilari reja asosida Ochiq dars mashg’ulotlari o’tib kelmoqdalar.


  O‘quv ishlari barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘z ichiga oladi. Amaliy mashg‘ulotlar videoproektorlar va kompyuter qurilmalari bilan olib boriladi va bevosita zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirib kelmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar tajribali, bilimli, yuqori darajali sertifikatga ega, zamon talabiga mos mutaxassislari tomonidan o‘tilishi ta’minlanmoqda.


  Tillar kafedrasida kafedra yig‘ilishlari va fan-uslubiy komissiyalarining yig‘ilishlari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda, unda dars mashg’ulotlarini o’z vaqtida va sifatli o’tilishi tahlili, ochiq dars mashg‘ulotlari, dars mashg’ulotlarini modul platformasi orqali o’tilishini ta’minlash, talabalarning fanlarni o’zlashtirishi, sifat ko’rsatkichlari ko‘rib chiqilib, hisobi yuritilmoqda. 

  Bundan tashqari Tillar kafedrasi o’qituvchilari universitetga qarashli bo’lgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida ingliz va lotin tilli va tibbiy terminologiya fanlaridan ochiq dars mashg’ulotlar, master class, davra suhbati va seminarlar muntazam o’tkazib kelinmoqda.