Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Ushbu dastur asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘qitish jarayonida qo‘llagan holda, talabani nazariy ma’lumotidan boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarni bajarishga o‘rgatib va orttirilgan ko‘nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda qo‘llashga imkon yaratadi. Ichki kasalliklar propedevtikasi fani 2-blok Klinik fanlar blokiga taaluqli bo‘lib, uni 2 va 3 kurslarda (4-5 semestrida) o‘qitiladi. Fanni o‘qitish uchun normal anatomiya, gistologiya, bioximiya, fiziologiya fanlari nazariy zamin bo‘lib xizmat qiladilar. Ichki kasalliklar propedevtikasi o‘z yo‘lida xirurgiya, terapiya, kardiologiya, nevrologiya, akusherlik va ginekologiya kabi klinik fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

Fanning dolzarbligi

  Ushbu dastur Davlat ta’lim standarti va umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash dasturi asosida tuzilgan, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining talabalariga ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan ta’lim berish uchun mo‘ljallangan.

  Ichki kasalliklar propedevtikasi barcha kasalliklarning simptom va sindromlarini, ichki a’zolar kasalliklari diagnostikasida qo‘llaniladigan kasallik va yangi tekshiruv usullarini, tashxis qo‘yish va bemorning tibbiy bayonnomasini yozishni o‘rgatadi. Simptomatologiya va diagnostikani o‘qitishni xususiy patologiyani o‘rgatishdan ajratb bo‘lmaydi, ya’ni bir tomondan o‘rganish yo‘llari va bilish usullari, boshqa tomondan ob’ektiv bilish orasida farq bo‘lmasligi kerak. Simptomatologiya, diagnostika va xususiy patologiya asoslari ajralmas bog‘liqlikda o‘rganilishi kerak. Asosiy terapevtik kasalliklarni o‘rganish simptomlarning klinik ahamiyatini illyustratsiyasidir. Talabalar diagnostika usullariga muayyan bemor kasalligi tarixini tahlil qilishga ko‘nikadilar. Talaba klinikada ishlashning birinchi kunlaridanoq ichki kasalliklar propedevtikasi vazifalaridan biri bo‘lgan vrachlik deontologiyasi asoslarini ham o‘rganib olishi lozim. Propedevtikani bilish keyinchalik terapiyani emas, balki boshqa klinik intizomlarni ham o‘rganish uchun zarur. Kasalliklar simptomlarini va asosiy diagnostik usullarni bilishi, tashxis uslublariga faqatgina terapevt emas, balki, xirurg, ginekolog, nevropatolog va boshka barcha klinik mutaxassislar ham ega bo‘lishlari shart.

  Bakalavr ichki kasalliklar propedevtikasi fani bo‘yicha nazariy, uslubiy, tashkiliy va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish orqali mustaqil ishga ya’ni umumiy amaliyot vrachi bo‘lishiga tayyorlanishi, hamda ularni klinik, laborator, funksional va asbobiy tekshiruvlar natijalarni taxlil qilib, diagnoz qo‘yishga o‘rganadi.

  Ichki kasalliklar propedevtikasi fanini o‘rganish jarayonida talabalarda kasallik, diagnoz, diagnostika prinsiplari, simptom, sindromlarni kelib chiqishi mexanizmlari to‘g‘pisida hozirgi zamon tushunchalarini shakllantirish, talabalar ongiga vrachlik odobi va ahloqi va deontologiyasi asoslarini singdirishdir.

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani orqali talaba organizmdagi asosiy patologik jarayonlarni vujudga kelish sabablarini va ularni rivojlanish mexanizmlarini, asosiy simptom va sindromlar to‘g‘pisida tushunchani, fizikal tekshirish o‘tkazishni, ko‘zdan kechirish, paypaslash, tukillatish, eshitish, arterial bosimni o‘lchash, pulsni aniqlash, EKGni yozib olish, qon, siydik, najas, balg‘am, me’da shirasi, duodenal mahsulotni, plevral suyuqlikni umumiy tahlili va ularni klinik baholash, klinik o‘lim hollarida reanimatsiya chora-tadbirlarni ko‘rishni, shifokorlik deontologiyasi asoslarini bilishlari shart.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

  “Ichki kasalliklar propedevtikasi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, davolash, kasbiy-ta’lim fakultetlarning 2-3 kursining 4-5 semestrida o‘qitiladi.

  Ichki kasalliklar propedevtikasini fani klinik fanlar turkumiga kirib, u barcha tibbiy bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Ichki kasalliklar propedevtikasini – klinik fan hisoblanadi. Mazkur dasturni amalga oshirish uchun talabao‘quv rejasida rejalashtirilgan klinik va tabiiy-ilmiy o‘qitish fani (normal anatomiya, normal fiziologiya, umumiy biologiya va tibbiѐt genetikasi, bioximiya va mikrobiologiya fanlari bilan vertikal integratsiya va patologik anatomiya, patologik fiziologiya, umumiy xirurgiya va farmakalogiya fanlari bilan gorizontal) integratsiya asosida olib boriladi.

Fanning ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishdagi o‘rni

  Ichki kasalliklar propedevtikasiniumumiy amaliyot shifokorida tibbiy bilimlar asosini shakllantirishda muhim fanlardan biridir.

  Kasbiy faoliyatini qo‘llanish uchun UASH ichki kasalliklarining tarqalishini va kechishini o‘rganish, erta tashxislash, davolash, aholi o‘rtasida ichki kasalliklarining tarqalishini oldini olishga va kasalliklarning kechishi bo‘yicha bashorat bera olishga qaratilgan ilmiytadqiqot faoliyatini olib borish; sog‘liqni saqlash tizimining davolash va profilaktika tashkilotlarida (markaziy tuman, shahar, viloyat, respublika shifoxonalari terapevtik bo‘limlarida, ko‘p tarmoqli markaziy shahar poliklinikalari, tez va shoshilinch tibbiy ѐrdam markazlari va stansiyalari, ona va bolalikni himoya qilish tashkilotlari, sanator-kurort tashkilotlari) tashxislash va davolashning zamonaviy usullaridan keng foydalangan holda bemorlarning tibbiy muammolari bo‘yicha asosiy vazifalarni hal qilish juda muxim; sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘inlarida ichki kasalliklar sohasida kompleks masalalarni echishni o‘z ichiga oladi.

Fanni o‘qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash

  Talabalarning “Ichki kasalliklar propedevtikasini” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keys-texnologiyalaridan foydalaniladi. Ma’ruza va seminar 5 mashg‘ulotlarida o‘qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, klaster, “Venn”, Sinkveyn va boshqalar)dan foydalaniladi.

  Fan o‘qituvchisi tomonidan pedagogik texnologiya tamoyillari asosida “Ichki kasalliklar propedevtikasi” fani o‘quv mashg‘ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi.

O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

  Fanni o‘qitishdan maqsad. Talabalani propedevtika fani bo‘yicha tanishtirish va vrach deontologiyasi, yatrogeniya, bemorlarni klinik tekshirish usullari bo‘yicha tanishtirish (so‘rab surishtirish, ko‘zdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya) organ va sistemalarni kadamma-kadam tekshirishni, sistema bo‘yicha sindrom va simptomlarni asosiy qonuniyatlarini o‘rganish, a’zolarni laborator va instrumental tekshirish va interpretatsiya qilish qo‘nikmalarini egallashdan iborat.

  Fanning maqsadi: - IKP bo‘yicha dasturning asosiy maqsadi bo‘lajak umumiy amaliyot shifokorlarni (UASH) ichki a’zolarning xolatini tekshirish usullarini va shu orkali organizm xolatini baxo bera olishni o‘rgatish, tibbiy muassasalarda ichki kasalliklar fanini o‘qitish metodikasini o‘rgatish.

Fanning vazifalari:

  Fanni vazifasi uni o‘rganuvchilarga:

- sindrom va simptomlarni asosiy qonuniyatlarini o‘rgatish

- a’zo va tizimlarni xolatini qadamma-qadam tekshirishni o‘rgatish

- laborator va instrumental tekshiruvlar va ularning natijalarining interpretatsiyasi

- olingan tekshiruv natijalari asosida diagnostik xulosaqila olish,

- ichki kasalliklarning nozologik formalarini savollarini o‘rganish

- ichki kasalliklarning asosiy davolash prinsiplarini o‘rgatish

  «Ichki kasalliklar propedevtikasi» fanini o‘zlashtirish jaraѐnida bakalavr:

- ichki a’zolarining anatomiyasi;

- ichki a’zolarining fiziologiyasi;

- ichki a’zolarining vazifalari;

- ichki a’zolarining tekshirish usullari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

- Ko‘krak qafasi palpatsiyasi

- O‘pkaning taqqoslama perkussiyasi

- O‘pkaning topografik perkussiyasi

- O‘pka auskultatsiyasi

- Yurak soxasi palpatsiyasi

- Yurak perkussiyasi (nisbiy bo’g‘iq chegaralari)

- Yurak perkussiyasi (mutloq bo’g‘iq chegaralari)

- Yurak auskultatsiyasi

- AQB o‘lchash

- Pulsning tekshirish

- EKG- olish usullari

- Normal EKG

- Qorin bo‘shlig‘i yuzaki palpatsiyasi

- Qorin bo‘shlig‘i chuqur palpatsiyasi

- Jigar palpatsiyasi

- Kurlov buyicha jigar perkussiyasi

- Buyrak palpatsiyasi

- Limfa tugunlari palpatsiyasi

- Taloq palpatsiyasi va perkussiyasi

- Analizlar tahlillari ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

- statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlar kasallik tarixini yuritish

- bemorlar bilan muloqotmalakalariga ega bo‘lishi kerak.

  Kafedra kutubxonasi:


  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 40 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ultratovush va rentgenologik diagnostika xonalarida ko’rish tashkil etilgan