Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

    Kafedrada 1  kurs Davolash ishi,Pediatriya, Stomatologiya, Tibbiy biologiya, Tibbiy profilaktika, Xalq tabobati fakulteti talabalari Tibbiyotda axborot texnologiyalari,  2 – kurs Tibbiy biologiya fakulteti Matematika va matematik statistika fani va 3-kurs Tibbiy biologiya fakulteti talabalari «Biologiya va tibbiyotda matematik modellashtirish» fani dasturi asosida taxsil olishadi.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

    – Davlat standarti;
    – O’quv dasturi;
    – O’quv ishchi dastur;
    – Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
    – tasdiqlangan tashxis standartlari;
    – xalqaro tavsiyalar;
    – zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).


  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
    Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:
  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 60 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.


    Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ultratovush va rentgenologik diagnostika xonalarida ko’rish tashkil etilgan.