Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

History of the department

  Patofiziologiya kafedrasi 1930 yilda tashkil topgan bo‘lib, u avval Engel’s №84(xozir Maxmud Koshg’ariy) ko‘chasida joylashgan. 1993 yilda kafedra O‘zbek Davlat tibbiyot instituti O‘zbek Davlat universiteti tarkibiga tibbiyot fakulteti shaklida qo’shilgandan keyin, universitet korpuslarini birida joylashgan. 1942yilda esa uFrunze №18 (Amir Temur) ko‘chasidagi tibbiyot instituti bosh binosiga ko‘chirilgan.1963yilda kafedra Jitomir, 6 (Ankaboy) ko‘chasidagi F.Xodjaev nomli klinik shifoxonasi hududidagimorfologik korpusning 3 qavatida joylashtirilib, hozirgacha shu yerda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

  Kafedraning birinchi mudiri dotsent Xakim Raimovich Farxadi bo‘lgan. 1927 yilda Moskva davlatuniversiteti tibbiyotfakultetini a’lo baxolar bilan tugatib, I.P.Pavlov eksperimental laboriyatoriyasi xodimi bo‘lib ishlagan. 1929-1930 yillarda Toshkent tibbiyot instituti fakultativ terapiya klinikasi ordinatori, 1930 yil may oyidan X.R.Farxadi SamDTI patologik fiziologiya kafedrasida oldin assistent, dotsent, keyin kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. Kafedra mudiri lavozimida 1952 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. X.R. Farxadi raxbarligida 4 nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan. Uning ishlaring asosiy yo‘nalishi allergiya va to‘qima terapiyasiga bag‘ishlangan.

  X.R.Farxadidan keyin kafedraga tibbiyot fanlari doktori Ivan Polikarpovich Mishenko raxbarlik qilgan. 1922 yilda u Xarkov tibbiyot institutiga prof. A.V.Reprev raxbarlik qilayotgan patofiziologiya kafedrasiga assistent qilib ishga olinadi,“O protsessax sinteza va analiza v rakovom organizme po dannыm azotistogo obmena,, mavzusiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Mishenko I.P. ko‘p yillar davomida Ukraina rentgen-radiologiya va onkologiya ilmiy-tadqiqot institutining eksperimental-biologik markaziga raxbarlik qiladi. U 107 ilmiy ishlar muallifi,bu ishlar rus, ukrain, nemis va fransuz tillarida chop qilingan. Prof. I.P.Mishenko 1950 yildan 1965 yilgacha Samarqand tibbiyot institutining patologik fiziologiya kafedrasida mudir bo‘lib ishlagan. Uning raxbarligida 3 ta doktorlik va 22 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.

  1965 yilni oktyabr oyidan boshlab SamDTI patofiziologiya kafedrasiga professor Raim Pulatovich Pulatov raxbarlik qilgan. 1930 yili Samarqand tibbiyot institutiga kirib, talabalik yillaridayoqfaol ijtimoiy faoliyat olib boradi va institut komsomol tashkilotining birinchi kotibi bo‘lib ishlaydi va patologik fiziologiya kafedrasida ishga qoldiradi. 1939 yilda «Novыy biolgicheskiy metod diagnostiki beremennosti» mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1940-1941 yillari Samarkand viloyati sog‘liqni saqlash bo‘limini boshqaradi. 1941-1944 yilda esa Toshkent Davlat tibbiyot institutida direktor bo‘lib ishlaydi. 1944 yildan 1955 yilgacha Irkutsk oblastini rayonlarida rentgenolog, terapevt, ftiziator, teri-tanosil shifokori bo‘lib ishlaydi. 1956-1957 yillar mobaynida Andijon viloyati sil dispanseri bosh vrachi o‘rinbosari sifatida, 1957-1960 yilarda esa Andijon Davlat tibbiyot instituti patofiziologiya kafedrasining tashkilotchisi va mudiri bo‘lib ishlaydi. 1960 yilda R.P.Pulatov O‘zbekiston sil ilmiy – tadqiqot institutining Namangan filiali tashkilotchisi va 1965 yilgacha uni derektori bo‘lib faoliyat yuritgan. 1965 yilni oktyabrdan SamDTI patofiziologiya kafedrasining mudiri bo‘lib ishlay boshlaydi. 1970 yilni yanvar oyida «Materiali po organizatsii sanatoriy dlya reabilitatsii i vliyanie trudovix protsessov na funksionalnoe sostoyanie nekotorix sistem u bolnix tuberkulezom legkix» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 1973 yilda patofiziologiya bo‘yicha professor unvonini oladi. R.P.Pulatov bir vaqtda SamDTI Markaziy ilmiy- tadqiqot laboratoriyasini (MITL) mudiri sifatida xam 1972 yilga qadar ishlaydi. R.P.Pulatov ilmiy ishlarining asosiy yo‘nalishi oshqozon–ichak patologiyasini modellashtirishdan iborat. Uning raxbarligida 11 ta kandidatlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan, u 120 tadan ortiq ilmiy ish chop qilgan.

  1979 yil 9-oktyabrda patofiziologiya kafedrasi negizida davolash fakulteti patofiziologiya kafedrasi (mudiri prof. R.P.Pulatov) va pediatriya fakulteti patofiziologiya kafedrasi (prof.O.A.Xusinov) tashkil qilinadi. Prof R.P.Pulatov vafot qilgandan keyin, ikkala fakultet patofiziologiya kafedralari biriktirilib, 1982 yil 11 oktyabrdan boshlab bitta patofiziologiya kafedrasi tashkil qilinadi va uning mudiri etib prof.O.A.Xusinov saylanadi.

  Prof. Otaboy Avezovich Xusinov 1950 yili SamDTI o‘qishga kirgan, uni 1956 yili alo baxolar bilan tugatadi va patofiziologiya kafedrasida aspiranturada qoldiradi. 1960 yili prof.I.P.Mishenko raxbarligida «Morfologicheskie i funksionalnie izmeneniya v legkix sobak pri povrejdenii razlichnix otdelov blujdayushego nerva» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 1957 yildan boshlab u bir vaqtda kafedrada assistent bo‘libxam ishlaydi. 1964 yili dotsent unvonini oladi. 1966-1969 yillari Moskva sil kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim sifatida ishlaydi. Prof.I.M.Bondarev raxbarligida “Gormoni kori nadpochechnikov i evolyusiya eksperimentalnoy tuberkuleznoy kaverni legkogo” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini tugatib, uni 1972 yili muffaqiyatli ravishda yoqladi.1973 yildan tibbiyot fanlari nomzodi,1966 yildan patologik fiziologiya kafedrasi professori. 1979 yildan boshlab oldin pediatriya fakulteti patofiziologiya kafedrasini, keyin davolash va pediatriya fakultetlari birlashgan patofiziologiya kafedrasini mudiri bo‘lib ishlaydi. 1983-1985 yillarda bir vaqtda institut MITL ni xam boshkaradi. U 4 ta xalkaro ilmiy anjumanlar, simpozum va konferensiyalar ishtirokchisi. Bu anjumanlarda prof. O.A.Xusinov tomonidan sil kasalligini o‘ta muxim masalalari, pestitsidlar tasirida qator patologik jarayonlarni (o‘pka sili, zotiljam kasalligi, reperativ regeneratsiya) kechish xususiyatlari batafsil yoritilgan. 1990 yilda u O‘zbekiston Respublikasi «Faxriy yorlig‘i» bilan taqdirlandi. O‘tkazilgan ilmiy izlanishlar bo‘yicha prof.O.A.Xusinov raxbarligida 13 ta nomzodlik dissertatsiyasi va 1 ta doktorlik dissertatsiyalari tayyorlangan va yoqlangan. O.A.Xusinov 1983 yilda kafedra bazasida 3-butun ittifoq neyroendokrinologlar anjumanini o‘tkazishiga erishdi va bu institut xayoti va tarixida katta iz qoldirdi.

    2012 yildan fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri etib t.f.n. dotsent Karabaev Aminjon Gadaevich saylandi. Karabaev A.G. 1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1990 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi anesteziolog-reanimatolog. 1990 patologik fiziologiya kafedrasi assistent lavozimida va Samarqand bolalar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limida ishlagan. 1999 doktorlik "Morfofunksionalnie izmeneniya v gopotalamo-gipofizarno-neyrosekretornoy sisteme v protsesse umiraniya i ojivleniya" mavzusida nomzodlik ishini yoqlagan. 2000 yildan kafedra dotsenti lavozimida ishlagan. 2001 -2003 yillarda SamDTI Markaziy ilmiy-tadqiqot markaziga rahbarlik qilgan va shoshilinch tibbiy yordam markazida anesteziolog va reanimatolog bo‘lib ishlagan. 2003-2005 yillarda patologik fiziologiya kafedrasida dotsent, 2005-2012 yillarda fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2012-2017 yillarda Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan. 120 dan ortiq ilmiy ishlarga ega. 12 ta tibbiyot amaliyotida vnedreniy, 5 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta monografiya muallifi.

    2017 yildan buyon Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudirligiga tibbiyot fanlari doktori Samieva Gulnoza Utkurovna tayinlandi. Samieva Gulnoza Utkurovna 1983 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan.1999 yili SamDTI o‘qishga kirgan, uni 2006 yili alo baholar bilan tugatadi va Otorinolaringologiya kafedrasida magistraturaga o‘qishga kirdi. 2017 yili prof. X.E. Karabaev rahbarligida «Sovreshenstvovanie kompleksnoy diagnostiki, lecheniya i profilaktiki stenoziruyushix laringotarxeitov u detey» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 2017 yildan boshlab Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudirligiga tayinlandi. G.U. Samieva kafedrada pedagogik jarayonni zamon talabiga ko‘tarishda katta ishlar qilayapti. Kafedrada G.U. Samieva tashabbusi bilan TIJ faoliyati jadallashdi. Oxirgi o‘quv yillarida talabalar doimiy ravishda fiziologiya va patologik fiziologiya fanlaridan faxrli o‘rinlarni egallashmoqda. dots. G.U. Samieva tashabbusi bilan fiziologiya va patologik fiziologiya fanini o‘qitishda tibbiyotga kirish amaliy ko‘nikmalari bevosita SamMI 1-klinikasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib borilmoqda. Oxirgi 3 yilda kafedra xodimlari tomonidan maqolalar, tezislar tayyorlanishi va chop etilishi, o‘quv qo‘llanmalar nashr qilinishi sezilarli darajada oshdi. 3 ta xodim mustaqil tadqiqotchi sifatida t.f.d., dots. Samieva G.U. rahbarligi ostida ilmiy izlanishlarni boshlashdi. 2019 o‘quv yilida Oliy Ta’lim Vazirligiga yuborilgan talabnoma asosida Fiziologiya va patologik fiziologiya yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturaga qabul boshlandi.

    2020 yil Normal va patologik fiziologiya kafedrasi “Fiziologiya” va “Patologik fiziologiya” kafedralariga ajraldi. Prof. Samieva G.U. Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri bo‘lib faoliyat yuritmoqda.