O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq Samarqand davlat tibiyot universiteti 2024/2025 o‘quv yili kuzgi semestri davrida universitet talabalari safidan chetlashtirilgan (kursida qoldirilgan) talabalar o‘qishini qayta tiklash bo‘yicha oflayn arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanganligini ma’lum qiladi.
O‘qishini qayta tiklash yuzasidan yozilgan arizalar tegishli fakultet dekanatlari tomonidan qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘qishni qayta tiklash uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖ o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha ariza (ariza blankasi ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
➖ talabaning belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnomasi yoki transkript nusxalari (Registrator ofisidan olinadi);
➖ pasport nusxasi;
➖ talabaning universitet talabalari safiga qabul qilinganlik va chetlashtirilganlik (kursida qoldirilganlik) haqidagi buyruqlardan ko‘chirmalar (Registrator ofisidan olinadi).
Arizalar 5-avgustga qadar qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi!
O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash masalalari bo‘yicha murojaat uchun telefon:
1-son Davolash ishi fakulteti +998662331274
2-son Davolash ishi fakulteti +998662332846
Pediatriya fakulteti +998662335414
Stomatologiya fakulteti +998936830707
Tibbiy pedagogika fakulteti +998915322272
Tibbiy profilaktika fakulteti +998662337175
Farmatsiya fakulteti +998662335416