Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Endilikda masofadan olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qo’llanilmaydi!

  Endilikda tayanch doktorantura va doktorantura qabuliga hujjat topshirish uchun talab qilinadigan til bilish sertifikatlari ro'yxatida masofa(Remote, Home Edition va boshqa turlari)dan olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qo'llanilmaydi. 

  O'zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-mayda 3515-raqam bilan roʻyxatga olingan) taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan o'tgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofa(Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qo'llanilmaydi.

  Shuningdek, mazkur qarorning 4-bandida qaror rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilangan. Bunda, ushbu qaror kuchga kirgunga qadar olingan xorijiy til sertifikatlar avval qabul qilingan tegishli hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi.