2024-2025-o‘quv yilida birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul boshlanganini e’lon qilamiz.
Qabul 5-avgustdan 20-avgustga qadar davom etadi.
Internaturaga qabul uchun suhbat 21-27-avgust kunlari o‘tkaziladi.
Internatura o‘quv yili joriy yilning 5-sentyabridan boshlanadi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetidan qabul uchun mas’ul SamDTU DKTF dekani Kadirov Jonibek Fayzullaevich.
Tel: +998 (90) 901 57 97
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2024-2025-o‘quv yili uchun Internatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalari bilan quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin!