×
Menu
Close Menu

AQSh Webster universiteti bilan hamkorlikdagi bakalavriat qo‘shma ta’lim dasturiga qabul davom etmoqda

Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2024/2025 oʻquv yili uchun AQSh Webster universiteti bilan hamkorlikda bakalavriyat qo‘shma ta’lim dasturi qabul amalga oshirilmoqda:

  • Xamshiralik ishi (qabul kvotasi 50 oʻrin), oʻqish muddati 4 yil (3+1);

- Ariza topshirish muddati: 14-avgust, 2024-yil 

- Kuzgi semestr boshlanishi: 19-avgust, 2024-yil

  Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, ingliz tili.

  To‘liq ma’lumot uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti rasmiy saytlari (https://sammu.uz) hamda AQSh Webster universitetning (https://www.webster.edu/) saytidan olishingiz mumkin. Qoʻshma taʼlim dasturlarida ta'lim olmoqchi bo'lganlar xujjatlarning (rus tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanadi) elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida https://interactive.sammu.uz/service/all yuklanishi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti qo‘shma ta’lim fakultetiga olib kelishlari talab etiladi.

  Talabgorlar ushbu qayd varaqadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.

  Roʻyxatdan oʻtish jarayoni tugallangandan soʻng talabgor maʼlumotlarini oʻzgartira olmaydi, qayd varaqadagi maʼlumotlar yuzasidan murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi. Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.

  Murojaat uchun:

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakulteti +998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor Shukurullayevich).

Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha murojaat etishingiz mumkin