2024 yil 22-iyuldan 20-avgustgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2024/2025 oʻquv yili uchun Rosssiya Federatsiyasi, Oltoy davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda bakalavriat qo‘shma ta’lim dasturi qabul amalga oshirilmoqda.
- Stomatologiya (qabul kvotasi 50 oʻrin), oʻqish muddati 5 yil (3+2);
Kirish imtihon bloklari: kimyo, biologiya, rus tili.
To‘liq ma’lumot uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti rasmiy saytlari (https://sammu.uz) hamda Rosssiya Federatsiyasi, Oltoy davlat tibbiyot universitetning (https://do.asmu.ru/) saytidan olishingiz mumkin. Qoʻshma taʼlim dasturlarida ta'lim olmoqchi bo'lganlar xujjatlarning (rus tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanadi) elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida https://interactive.sammu.uz/service/all yuklanishi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti qo‘shma ta’lim fakultetiga olib kelishlari talab etiladi.
Talabgorlar ushbu qayd varaqadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.
Roʻyxatdan oʻtish jarayoni tugallangandan soʻng talabgor maʼlumotlarini oʻzgartira olmaydi, qayd varaqadagi maʼlumotlar yuzasidan murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi. Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.
Murojaat uchun:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakulteti +998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor Shukurullayevich).
Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha murojaat etishingiz mumkin