×
Menu
Close Menu

​2024-2025 o‘quv yili uchun N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti klinik ordinatura mutaxassisliklariga qabul jarayoni boshlandi

  O‘qish muddati 2-yil bo‘lib, o‘qish uchun mablag‘lar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi fondi” hisobidan to‘lov shartnoma summasi to‘lab beriladi.

  Talab: rus tilini mukammal bilish (erkin suhbatlashish va yozish).

  Qabul tanlovi 2 bosqichda o‘tkaziladi:

1.     Bakalavriat fanlari bo‘yicha rus tilidan suhbat (Suhbat 22-iyul  kuni o'tkaziladi!!!)

2.     Markazlashtirilgan onlayn test sinovi

  Ushbu qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olishni istaganlar 22-iyul kuni soat 9-00 da Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinik ordinatura bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

  Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati

1.     Xalqaro pasport nusxasi, rus tiliga tarjimaga qilingan va notariusda tasdiqlangan.

2.     Ta’lim to‘g‘risidagi diplomlar va ilovalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.

3.     Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat 1991-yildan 2019-yil 31-maygacha olingan xolda bosh ekspert markazda (https://nic.gov.ru/) da guvohnoma olinishi kerak.

4.     Tibbiy ma’lumotnoma rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.

5.     OITS tahlillari natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.

6.     Ko‘krak qafasi flyuorografiyasi yoki obzor rentgenografiyasi natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.

  Abituriyentlarga 2 ta mutaxassislikka hujjat topshirish huquqi beriladi.

  Murojaat uchun telefon: +998 91 337 38 91 Kamalov Anvarjon Ibragimovich