×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari o'rtasida START-UP loyihalari tanlovi e'lon qilinadi

Samarqand davlat tibbiyot universitetida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar, magistrant va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini, amalga oshirayotgan loyihalarini xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga joriy etilishiga ko‘maklashish, talabalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida “START-UP” loyihalari tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda universitetning 30 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlari, magistrantlari va talabalari o‘z START-UP loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov universitet miqyosida tashkil etiladi va ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich: onlayn rejimda loyiha mavzusi va u to‘g‘risida ma’lumotlar yuboriladi.

2-bosqich: universitet ekspertlar jamoasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

Loyiha shartlari:

-         startap loyiha tashabbuskori (1 ta ishtirokchi) 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin;

-         loyiha innovatsion bo‘lib, tibbiyotda keng imkoniyatlarni yaratgan holda soha rivojiga hissa qo‘shish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

 Taqdim etiladigan loyihalar https://forms.gle/AbDG31yQd55z4hvc9 sahifasi orqali 2024-yil 30-maydan 9-iyun soat 17:00 ga qadar elektron ro‘yxatdan o‘tishi shart.

Elektron ro‘yxatdan o‘tmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Telegram: @khojimukhammad_abbasov    Tel.: +998 90 191 11 99