×
Menu
Close Menu

Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Hurmatli talabalar!

Agar siz Davlat nomdor stipendiyalari (Prezident, Ibn Sino va I.Karimov nomidagi stipendiyasi) sohibi boʻlishni istasangiz, 2024-yil 8-iyungacha hujjatlaringizni tayyorlashga shoshiling!

I.Karimov va Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari faqat bakalavriatning oxirgi va oxirgidan bir past kurs talabalari uchun, Prezident stipendiyasi esa bakalavriat va magistratura bosqichining oxirgi kurs talabalari uchun berilishi mumkin.

Mazkur stipendiyalar uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlash kerak:

- pasport nusxasi;

- ma’lumotnoma-ob'ektivka;

- reyting daftarchasi (barcha semestrlardagi baholari bilan);

- dekanning tavsiyanomasi;

- ilmiy rahbarning tavsiyanomasi;

- ilmiy ishning annotatsiyasi;

- ilmiy ishlar, konferensiyalar, seminarlar va olimpiadalar sertifikatlari va diplomlari (hujjatlar ilmiy kotib tomonidan tasdiqlanishi kerak);

- sport, turli musobaqalar va tadbirlardan sertifikat va diplomlar;

- til sertifikati.

P.S.: Shuningdek chet tili, axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixini bilish talab etiladi.

Tasdiqlangan barcha hujjatlaringizni fayl papkada iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga olib kelish so‘raladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish mumkin: +998901939309  Payzullaeva Umida Furkatovna