×
Menu
Close Menu

"ILHOM" mukofotiga hujjatlar qabul qilish boshlandi

  Shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish, kitob o‘qishga da’vat etish va shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda yuqori natijalarga erishgan OTMlarda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini rag‘batlantirish, shoir va yozuvchilar asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish hamda ularni yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’sis etilgan “ILHOM” mukofoti tanlovini e’lon qiladi

  Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  Nomzodning pasporti (ID-kartasi) nusxasi;

  Ma’lumotnoma-obyektivka;

  Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etadigan ishlari (foto-video lavhalar, tadqiqotlar, badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar).

  Hujjatlar Samarqand davlat tibbiyot universitetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan 2024 yilning 15 aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

  Hujjatlar qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng, tanlovda ishtirok etadigan nomzodlar uchun milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab oluvchi 50 ta savoldan iborat test sinovi o‘tkaziladi.

OTM (saralash) bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

  Batafsil ma'lumotni Tanlov nizomi orqali bilib olishingiz mumkin

  Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: Samarqand davlat tibbiyot universitetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga (+998 91 552-52-55) murojaat qilishingiz mumkin.