Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Rektorlik stipendiyaga hujjatlar qabuli boshlandi!

  Hurmatli talabalar!

  Rektor stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish 2023-yil 2-fevraldan 1-martgacha davom etiladi.

  Barcha kerakli hujjatlar fayl papkada taqdim etilishi kerak. Sizning yutuqlaringiz haqidagi — sertifikatlar, diplomlar, maqolalar va tezislar akademik kotib tomonidan tasdiqlanishi kerak.

  Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

1. Maʼlumotnoma — obyektivka

2. Pasport nusxasi

3. Reyting daftarcha nusxasi

4. Fakultet dekanining tavsiyanomasi

5. Kafedra toʻgaragi rahbarining tavsiyanomasi

6. SamDTU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisining tavsiyanomasi

7. Ilmiy yutuqlar roʻyxati (3.4-shakl)

8. Ilmiy yutuqlar (ilmiy anjumanlar nashrlari, maqola va tezislar, olimpiada diplomlari)

9. Xalqaro til sertifikati

10. Musobaqa va sportdagi yutuqlar

11. Yutuqli startap loyihalari.

  Universitet Ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan barcha hujjatlar iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga topshirilishi kerak.