×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari — Davlat nomdor stipendiyalari sohiblari!

  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 19 dekabrdagi buyrugʻiga muvofiq respublika OTMlari bakalavriat bosqichi talabalariga Davlat nomdor stipendiyalari berildi.

  Mazkur hujjatga muvofiq Samarqand davlat tibbiyot universitetini quyidagi talabalari Davlat nomdor stipendiyalariga muvofiq deb topildilar:

pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi Atoyev Toʻlqin Tolmasovich 2022/2023 oʻquv yili uchun bakalavriat bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga sazovor boʻldi;

2022/2023 oʻquv yili uchun 2-son davolash fakulteti 5-kurs talabalari Shavazi Ramiz Nuraliyevich, Ibragimov Sherzod Umidovichlar Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻldilar;

2-son davolash fakulteti 5-kurs talabasi Gʻaniyeva Aziza Burxonboy qizi Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi loyiq deb topildi.

  Yuqori natijalar bilan talabalarimizni tabriklaymiz va yangi omadlar tilab qolamiz!

SamDTU matbuot xizmati