Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Akademik litseylarga saralash imyihonini o'tkazish muddati belgilandi.
Test sinoviga qatnashuvchilar Quchun qoʼshimcha maʼlumot
Аdliya vazirligida 2018 yil 17 iyulda 3040-son davlat roʼyxatidan oʼtgan hamda Oʼzbekiston Respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2018 yil 9 iyulda tasdiqlangan “Аkademik litseylardagi saralash imtixonlarini oʼtkazish, rasmiylashtirish va natijalarini eʼlon qilish tartibi toʼgʼisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 12-2018, 7-мҳ-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomi asosida SamDTI akademik litseyiga kirish imtihoni yoʼnalishlar boʼyicha 3 tadan fandan test shaklida oʼtkazish belgilangan.Q
Ushbu qarorga asosan saralash imtihonlardagi test savollari fanlar kesimida 5-9 sinf oʼquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Аkademik litseyning har bir yoʼnalishi boʼyicha 3 ta fandan saralash imtihonlari oʼtkaziladi.
• Tabiiy fanlar (biologiya)- biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot
Аniq fanlar (iqtisod) yoʼnalishida xorijiy til ingliz, nemis va fransuz tillaridan biridan oʼtkaziladi. Xorijiy tilni tanlash oʼquvchi maktabda oʼrgangan tili yoki arizada koʼrsatilgan chet tili boʼyicha amalga oshiriladi.
Har bir fandan 15 tadan jami 45 ta test savollari beriladi. Har bir savolga 2 minutdan jami 90 minut (1,5 astronomik soat) vaqt beriladi.
Javoblar varaqasini toʼldirishga qoʼshimcha 20 minut vaqt beriladi. Oʼquvchiga test savollariga yechish, javoblar varaqasini toʼldirib topshirish uchun jami 110 minut (1 soatu 50 minut) vaqt beriladi.
А) Birinchi blokdagi fanning xar bir toʼgʼri javobiga 3,1 balldan jami- 46,5 ball
B) Ikkinchi blokdagi fanning xar bir toʼgʼri javobiga 2,1 balldan jami- 31,5 ball
V) Uchinchi blokdagi fanning xar bir toʼgʼri javobiga 1,1 balldan jami-16,5 ball
Jami toʼplash mumkin boʼlgan ball (eng yuqori ball)- 94,5 ni tashkil qiladi.
Saralash testi vaqtida telefon, shpargalka, formula daftarchalari va boshqa narsalardan foydalanish mumkin emas. Bunday holda dalolatnoma tuzilib oʼquvchi test sinovidan chetlashtiriladi.