O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” nomli tanlov e’lon qiladi.
Tanlovning saralash bosqichi test shaklda o‘tkazilib, ishtirokchilar mehnat huquqiga oid test savollariga javob berishlari lozim bo‘ladi.
Tanlovning saralash bosqichi joriy yilning 30-sentyabriga qadar www.tanlov.kasaba.uz (mazkur sayt 28-sentyabrdan ishga tushadi) sayti orqali o‘tkaziladi.
Tanlovning Respublika bosqichi og‘zaki savol-javob tarzda tashkil etiladi va talabalarning bilimini baholash maqsadida tanlov komissiyasi bevosita suhbat olib boradi.
G‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.