Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Akademik mobillik doyirasida bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlariga tahsil olishga Qozog’iztonda taklif qilamiz!

  Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yil 15-iyundagi 16/22761-sonli xati hamda Qozogʻiston Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi qoshidagi Boloniya jarayoni va akademik mobillik markazi tomonidan 2021-2022 oʻquv yilida mazkur davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olish uchun stipendiya tanlovida ishtirok eting.

  Qozogʻiston Respublikasining mazkur stipendiya va grantlar koʻplar qatorida respublika oliy taʼlim muassasalari ilmiy xodimlari, oʻqituvchi va talabalari uchun moʻljallangan. Nomzodlar muayyan talablarga javob berishlari lozim, ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar.

  Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni 2021-yil 20-iyuldan kechiktirilmagan holda on-line tarzda quyidagi elektron manzilga taqdim etishlari kerak: admission@n-k.kz.

  Shuningdek, hujjatlarga ularning rus yoki ingliz tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinishi kerak.

  Mazkur stipendiya tanlovi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot, ishtirok etish shartlari va barcha zarur hujjatlar roʻyxati , qoʻshimcha maʼlumot bilan 8 10 (7172) 287526 telefon raqami orqali bogʻlanish hamda www.enic-kazakhstan.kz havolasi orqali tanishish mumkin.