O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021 yil 16 martdagi 16/9177-sonli xatiga ko‘ra, Qozog‘istonning Inklyuziv rivojlanish jamg‘armasi (Inclusive Development Foundation - IDF) 2021 yil 7-9 aprel kunlari “Kelajakni yaratish” mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari uchun II Nobel festivalini (II Central Asia Nobel Fest) onlayn tarzda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mazkur onlayn festival taniqli olimlar va Nobel mukofoti sovrindorlari ishtirokida Markaziy Osiyo uchun ilmiy-ma’rifiy munozaralar platformasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Festivalda ishtirok etish bepul. Ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://nobel-fest.inpolicy.net
Onlayn festival to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot uchun jamg‘armaning mas’ul xodimlari Amirov Adilet (tel. +77053429552) va Janiya Xairovaga (tel. +77475844588) hamda SamDTI Xalqaro aloqalar bo’limiga murojaat etish mumkin.
SamDTI Matbuot xizmati