O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko’ra, 2020 yil dekabr oyida Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan “Erasmus+” dasturining davomi (2014-2020 yillar) sifatida 2021-2027 yillar uchun “Erasmus” dasturi tasdiqlangan.
Yangi “Erasmus” dasturning byudjeti 26,2 milliard Yevroni tashkil etadi, bu avvalgi “Erasmus+” dasturga nisbatan 11,5 milliard yevro ko’proq.
Byudjetning 83% ta’lim va professional tayyorgarlikka, 10,3% yoshlarga va 1,9% sport sohalariga yo’naltirilishi rejalashtirilgan.
“Erasmus” dasturining asosiy yo’nalishlari – ta’lim mobilligi, innovatsiya va ilg’or tajribalarni almashish sohasida hamkorlik hamda ta’lim islohotlarini qo’llab quvvatlash.
Institutning barcha kafedralari va bo’limlari grant tanlovlarida ishtirok etishi mumkin.
Aloqa uchun mas’ul – Elchixona maslahatchisi M. Ismailov (tel: +32488414844, elektron pochta: embassy@uzbekistan.be).
Qo’shimcha ma’lumot uchun institute xalqaro aloqalar bo’limiga murojaat etishingiz mumkin.