×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

    SamDTU O`zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan” kafedrasida xaftaning har payshanba kuni “Аxborot va maʼnaviyat soati” oʼtkaziladi. Materiallar maʼnaviyat boʼlimi tomonidan taqdim etib boriladi. Shuningdek kafedra aʼzolari universitetimiz tomonidan tashkil etiladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. 

Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag’ishlangan ma’naviy-tarbiyaviy soat

  SamDTU “O`zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan” kafedrasida yangi o’quv yilini, Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan ma’naviy va tarbiyaviy soat bilan boshlandi. Uchinchi Uyg‘onish va Yangi O‘zbekiston tushunchalari, hamda bugun O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va mamlakatda olib.

  Davlat madhiyasig bag’ishlangan ma’naviy-tarbiyaviy soat

  1992 yil 10 dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.

Abdulla oripov hayoti va ijodi, she’riyati” mavzusiga bag‘ishlangan ba’diy kecha

  25-favral, 2022 yil SamDU, «O’zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan» kafedrasi o’qituvchisi D.U. Fayziyeva “Abdulla Oripov hayoti va ijodi, she’riyati” mavzusiga bag‘ishlangan ba’diy kecha o‘tkazildi. Shoir hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar turli videoroliklar, kafedra o‘qituvchilari va talabalar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar orqali yetkazib berildi. Shoirning o‘zi o‘qigan she’rlari, uning so‘zi bilan bastalangan qo‘shiqlar qo‘yib eshittirildi, she’rlari tahlil qilindi.

Buyuk shoir vа mutаfаkkir аlisher nаvoiy tаvаlludining580-yilligi keng nishonlаndi.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti katta faollar zalida, she’riyat mulkining sultoni, Mir Alisher Navoiyning 580 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan 10-fevral kuni «O’zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan» kafedrasi tomonidan o’tkaziladigan Navoiyxonlik badiy-adabiy kechasida institut professor-o’qituvchilari hamda sheriyatga orzumand talabalari faol ishtirok etishdi. Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan shoirning “Navoiy va Guli monologi” hamda “Yodgor va Husayn Boyqaro” sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Bundan tashqari, mahorat bilan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar va raqslar barchaga a'lo kayfiyat bag'ishladi.

  Tadbirni oʼtkazishdan maqsad Navoiy dostonlarini chuqur oʼrganish, ularda ilgari surilgan umuminsoniy gʼoyalarni yoshlar orasida keng targʼib qilish, Navoiy asarlari orqali yoshlarda Vatanga muhabbat hissini shakllantirishdan iborat.