×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Neyroxirurgiya kafedrasida Universitetimizda ta’lim olayotgan yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalash borasida doimiy ishlar olib boriladi. Shundan kelib chiqqan holda, ma'naviy-ma'rifiy ishlar Neyroxirurgiya kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda, o’quv yili avvalida tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ul – kafedrada t.f.d., dotsent, tajribali pedagog va shifokor A.Sh. Shodiyev tomonidan muvofiqlashtiriladi va tashkil etiladi.

  Kafedrada professor-o'qituvchilar tomonidan talabalar o'rtasida quyidagi mavzularda va yo’nalishlarda ishlar olib boriladi:

  Respublikamiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining, xususan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirilib boriladi;

  Shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlar amalga oshiriladi.

  Respublikada bunyodkorlik borasida olib borilayotgan islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;

  Talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish va rivojlantirish;

  Talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;

  Dunyoda va mamlakatda ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy va boshqa muhim voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ob’yektiv ma'lumotlar yetkazib berish;

  Talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy-ma’rifiy muhitni shakllantirish;

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Neyroxirurgiya kafedrasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, “Neyroxirurgiya”, “Harbiy-dala xirurgiyasi” fanlari bo’yicha to’garaklar yig’ilishlarni tashkil etish.

  Yoshlarnima’naviy-ma’rifiy jihatdan boyitish va ularni yot g’oyalardan himoyalashga qaratilgan quyidagi muhim pedagogik vazifalar qo’yilgan:

  - yoshlarda sog’lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko’nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g’oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;

  - dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g’oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, «ommaviy madaniyat», narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g’oyaviy kurash olib borish;

  - jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  - mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish;

  - xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o’rtasida dinlararo bag’rikenglik, millatlararo totuvlik va o’zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.

  Talabalarni kasbiy tarbiyalash tizimiga qo’yiluvchi asosiy talablar quyidagi tamoyillarda o’z aksini topadi:

  • maqsadga muvofiqlik tamoyili - tizimning ma’lum konsepsiyalar, bosh g’oya, dasturlar, vazifalar maqsadlarga mos ravishda tashkiliy-tuzilmaviy qurilishi;

  • integrativlik tamoyili - tizimning alohida differensiatsiyalashgan qismlari va funksiyalarining bir butunlikka birlashishini taqozo etadi va ushbu jarayonga yaxlitlik bag’ishlaydi;

  • tarbiyalovchi ta’lim tamoyili - talabalarning shaxsiy rivojlanishi, o’zi ustida ishlashi uchun ijobiy motivatsiyaning shakllanishi va o’qishdan tashqari ijodiy-amaliy faoliyatga yo’naltirish maqsadida uqitilayotgan fanlar mazmunidagi tarbiyaviy potensialidan faol foydalanish;

  • insonparvarlik tamoyili - ma’naviy-axloqiy me’yorlarni hayotiy vaziyatlarga moslashtirishni taqozo qiladi;

  • professor-o’qituvchilar va guruh murabbiylariga qo’yiluvchi talablarning bir xilligi tamoyili - tarbiyaviy jarayonning barcha ob’ektlari talablarining o’zaro kelishilgan bo’lishini nazarda tutadi;

  • adaptivlik tamoyili - pedagogik tizimni tashqi va ichki omillar, sharoitlarga moslashtirish orqali amalga oshadi;

  • funksionallik tamoyili - talabalarni kasbiy tarbiyalash tizimining barcha asosiy funksiyalarining kompleks qo’llanilishi;

  • generatsiya tamoyili - talabalarni kasbiy tarbiyalash tizimi tizim rivojlanishiga qaratilgan faoliyatni jadallashtirishga imkon beruvchi yangi g’oyalarni generatsiya qilishi (asoslash, taklif etish, ilgari surish) lozimdir;

  • ilmiylik tamoyili - tarbiyaviy tizimlarning faoliyati va rivojlanishining kotseptual jihatlarini asoslashda ilmiy yondashuv;

  • kasbiy yo’nalganlik tamoyili – bo’lajak mutaxassislar tomonidan kasbiy jamiyatning ma’naviy-axloqiy qoidalarining o’zlashtirilishi;

  • talabalarni kasbiy tarbiyalash tizimi faoliyatining tizimlilik, davomiylik va uzluksizligi tamoyili barcha vazifalarni kompleks bajarib, muvozanatsizlik va tarqoqlik yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslikni taqozo etadi.

  SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga ham katta e’tibor berilib kelinmoqda, jumladan tashkiliy ishlar, amaliy tayyorgarlik, vatanparvarlik, mafkuraviy, faol fuqarolik pozitsiya, jismoniy, mehnat tarbiyasi, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik hamda giyohvandlikka qarshi kurashish, kasbiy ma’naviyat, badiiy estetik va milliy g‘urur tarbiyalari o‘z ifodasini topgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari muntazam o‘tkazilib boriladi.

Kafedra professor-o’qituvchilari murabbiylik guruhi talabalari bilan uchrashuvda

Kafedra professor-o’qituvchilari talabalar ishtirokidagi ommaviy sport tadbirida

  Amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiya ishlari rejasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalardagi islohotlarga hamohang tarzda Samarqand davlat tibbiyot universitetida ishlab chiqilgan rejasiga muvofiq tuziladi.

  Rejada belgilangan talablar mohiyatiga ko’ra, talabalarda komil inson fazilatlarini, tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g’oyalar bilan oziqlantirish, ularning bo’sh vaqtini sermazmun o’tkazish, ma’naviy tadbirlarning ma’rifiy tadbirlar bilan uyg’unligini ta’minlash, intellektual mulkka egalik tuyg’usini shakllantirish, tashabbus va yangilikni qo’llab-quvvatlash, yurt tinchligi va o’zaro jipslikka erishishga doir bir qator masalalarni o’zida aks ettiradi.

  Yil davomida har bir guruh murabbiyi o`z guruhi bilan ishlar rejasi ishlab chiqishib, Universitetning Pediatriya fakulteti dekani tomonidan tasdiqlangan mazkur rejaga asosan biriktirilgan guruh talabalari bilan ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy, targ`ibot ishlari olib boriladi. Amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot har bir guruh murabbiyning ish rejasiga asosan bajarilgan ishlar bayonnomalarida (12 ta oylik va37 ta haftalik)to`liq keltiriladi.

  Xulosa qilib aytganda, kafedrada ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar Universitet ma`muriyati va Pediatriya fakulteti dekanati yoshlar, ma`naviyat va marifat bo`limlariningrejalari asosidatuzilib, tasdiqlanib o`quv yillari davomida muntazam va izchillik bilan olib boriladi. Universitetda o`tkazilgan barchatadbirlarda kafedra xodimlarining ishtiroki ta`minlanadi. Har hafta davomida kafedra xodimlari hamda talabalar ishtirokida ma`naviyat va ma`rifatga tegishli “Axborot va murabbiylik soatlari”o`tkazilib boriladi.