×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Ijtimoiy Gumanitar fanlar kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Mustafoyev Z. M muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

  Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida ish olib boradi:

• Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkam  asining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
• respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
• talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
• talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
• dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
• talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
• o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 19 mart kuni Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusi bo`yich kafedra ish rejasi asosida tadbirlar o`tkazib borildi

  Talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning asarlari, nutqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Oliy Majlis sessiyalari materiallari, qabul qilingan Qonunlarning mazmun va mohiyati bilan kafedra dotsen va assistentlari muntazam tanishtirib bordi.

  Yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish buyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida talabalarni bo‘sh vaqtlarini yanada sermazmun o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari, “Ustoz-shogird” “Biz buyuk allomalar vorislarimiz” shiori ostida davra suxbatlarini o‘tkazish va “Eng yaxshi badiiy asar” va “Eng yaxshi she’rxon” nominatsiyalari asosida fakultetga qarashli Anatomiya kafedrasi tomonidan 3-son TTJ da yozuchi , shoirlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

  Universitet “Talaba” sport klubi qoshidagi sport to‘garaklariga fakultet talabalari muntazam jalb qilib borildi. 26 iyun – Halqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan “Giyohvandlik asr vabosi”, “Aholi orasida giyoxvandlik va narkojinoyatchilikning oldini olish”, “Giyohvandlik og‘ir illat”, Giyohvandlik va zamonaviy yoshlar”, tadbirlar kafedra axborot soatlarida o‘tkazib borildi. Kafedrada qat’iy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, ma’naviy tahdidlarga va chetdan ko‘rsatiladigan ta’sirlarga qarshi turishga qodir bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash maqsadida “Ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish omillari” mavzusida tadbirlar o‘tkazib borildi. Kafedrada professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish”ni keng targ‘ib qilish borasida “Korrupsiya - jamiyat kushandasi” kabi mavzularda davra suhbati va seminarlar o‘tkazildi.

  SamDTU “Odam anatomiyasi” kafedrasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.

  O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari.

  Ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlarida va berilgan vazifalarning kafedrada to‘laqonli bajarilishini tashkil etish.

   “Eng yaxshi badiiy asar” va “Eng yaxshi she’rxon”» mavzusi bo‘yicha Anatomiya kafedrasi tomonidan 3-son TTJ da o‘tkazilgan tadbirdan lavhalar

  “Biz buyuk allomalar vorislarimiz” o‘tkazilgan tadbirdan lavhalar.

  SamDTU Odam anatomiyasi kafedrasiga biriktirilgan 6- kurs talabalarining “Ustoz-shogird” tizimida olib borilgan ishlari.