×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

    "Farmatsiya ishini tashkil qilish" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh farmatseft" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

    Farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi Talabalar ilmiy jamiyati 2022 – 2023 o'quv yilida tasdiqlangan ish rejasi asosida faoliyat ko'rsatmoqda. “Yosh farmatsevt” TIJ ga Farmatsiya fakultetidan 51 nafar talaba aʼzo bo'lishgan.

    O’quv yili davomida reja asosida TIJ bo'yicha kafedraning ma’sul assistenti Tuychiyeva S.Q. boshchiligida kafedra xodimlari va TIJ ga qatnashayotgan talabalar ishtirokida to'garak yig’ilishi o'tkazib kelinadi va rasmli bayonnomalar qayd etiladi.

    Farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi oʼkituvchilari oʼquv yili boshida oʼzlariga biriktirilgan iqtidorli talablar bilan muntazam ravishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda doim ustoz-shogird printsipiga asoslangan tarzda oʼz faoliyatlarini yuritib bormoqdalar.

    Respublika, MDX miqyosida va xorijda oʼtkaziladigan turli xil ilmiy-amaliy konferentsiyalarga tezis va maqolalar tayyorlab yuborishda xamda o'z pedogogik mahoratidan foydalangan holda ish olib borishdi. Kafedra xodimlari tomonidan to'grakda o'tkazilayotgan prezentatsiyalar va ularning muhokamasi faol yo'lga qo'yilgan. Har oyda TIJ rejasi tuzilib shu asosida o'tkaziladigan tugarak yig’ilishi bayonnomalari tayyorlandi va har bir o'tkazilgan mavzu bo'yicha rasmli bayonnomalar mavjud.

    Talabalarimiz oʼzlarining ilmiy maqolalari va tezislari bilan xalqaro konferentsiyalarda qatnashib kelmoqda. TIJ qatnashchilari biriktirilgan ustozlari bilan birga 16 ta ilmiy maqolalarini turli xil ilmiy jurnallarda chop ettirishdi.

    “Fundamental amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari” 77 –Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada talabalarimiz ilmiy raxbarlari bilan birgalikda 21 ta tezisi bilan qatnashishdi. Ushbu konferentsiyada Talabalar ilmiy jamiyati qatnashchilaridan 502 gurux talabasi Mexkamov Suxrob II oʼrin, 506-gurux talabasi Xudoyberdieva Zarnigor III faxli oʼrinlarni egallashdi.