×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "2-Ichki kasalliklar va kardiologiya " kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh kardiologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun klinik amaliyot bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  2-son ichki kasalliklar v akardiologiya kafedrasi o‘qituvchilari o‘quv yili boshida o‘zlariga biriktirilgan iqtidorli talablar bilan muntazam ravishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda doim ustoz-shogird tamoyiliga asoslangan tarzda o‘z faoliyatlarini yuritib bormoqdalar. Respublika, MDX miqyosida va xorijda o‘tkaziladigan turli xil ilmiy-amaliy konferensiyalarga tezis va maqolalar tayyorlab yuborishda xamda uz pedogogik mahoratidan foydalangan holda ish olib borishmoqda. Kafedra xodimlari tomonidan to`garakdao`tkazilayotgan prezentatsiyalar va shu mavzu bo`yicha bemorlarni kuratsiyasi vadavolash prinsiplarini tushuntirish faol yo`lga qo`yilgan.Har biro`qituvchiga bittadan talaba biriktirilgan, har oy bir oylik o`tkaziladigan to`garak mavzulari tayyorlanadi va har bir o`tkazilgan mavzu bo`yicha rasmli bayonnomalar mavjud. Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Sunnatova Gulbahor Ismatovna, bugungi kunda 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

  To’garak sardori: Abdulloeva M.D., kardiologiya yo’nalishi bo’yicha 2 bosqich magistratura rezidenti, 25 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, rektor stipendiyasi sohibi.

  To’garak 34 ta talabalardan iborat bo’lib, ularningklinik va amaliy bilimlari oshirilib boriladi. To’garak a’zolari Universitetning barcha xalqaro konferensiyalarida qatnashib, munosib o’rinlarni egallab kelishmoqda.