×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

    "Ichki kasalliklar propedevtikasi" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh diagnost" deb nomlangan talabalar ilmiy jamiyati yigʻilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida  yigʻilishlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

    Talabalar ilmiy  jamiyatda qatnashchilar Ichki kasalliklar propedevtikasi fani orqali barcha kasalliklarning simptom va sindromlarini, ichki a’zolar kasalliklari diagnostikasida qoʻllaniladigan zamonaviy tekshiruv usullarini, tashxis qoʻyish na’munalarini va bemorning tibbiy bayonnomasini yozishni oʻrganadi.

    Ichki kasalliklar propedevtikasi fanini oʻrganish jarayonida talabalarda kasallik, diagnoz, diagnostika prinsplari, simptom, sindromlarni kelib chiqishi mexanizmlari toʻgʻrisida hozirgi zamon tushunchalarini shakllantirish talabalar ongiga vrachlik odobi va ahloqi va deontologiyasi asoslarini singdirish bilan birgalikda olib boriladi.

    Talabalar ilmiy jamiyati  faoliyati uchun mas'ul rahbar  PhD; assistent Tairov D.R.

    TIJ yillik faoliyati davomida tasdiqlangan tematik reja boʻyicha ish olib boradi. Bundan tashqari toʻgarak a’zosi boʻlgan har bir talabaga ilmiy rahbar biriktirilib ma’lum bir mavzularda ilmiy izlanishlar olib boriladi. 

    Quyidagi jadvalda ilmiy jamiyat a’zolari, ularning ilmiy rahbarlari va talabalarga berilgan vazifalar keltirilgan. Ilmiy jamiyat a’zolari shu mavzularda  ilmiy maqola va tezislari bilan konferensiyalarda ishtirok etishadilar.