×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedrada o`quv va o`quv uslubiy ishlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar xam olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy saloxiyati bugungi kunda 50 foizni tashkil etadi.

  Kafedradagi ilmiy tadqiqot yo`nalishlari bolalar xirurgiyasi dolzarb ilmiy muammolariga bag`ishlangan bo`lib, tug`ma nuqsonlarva ortirilgan xirurgik kasallaklarni erta diagnostikasi va davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan.

  1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasining ilmiy yo`nalishlari

  • Bolalardagemangiomalarnidavolashusullari.
  • Kattayoshdagibolalarda suyaklarning o`tkir yiringli yalig`lanishlarni davolash usullarini takomillashtirish
  • Surunkali gematogen osteomielitni davolash.
  • Bolalarda exinokokkoz kasalligi diagnostikasi va davolash yangi usullari
  • Bolalarda peritonitlarni davolashda qorin bo`shlig`idagi asoratlarining erta diagnostika qilish va xirurgik davolash
  • Bolalarda anorektal nuqsonlarni davolash natijalari.
  • Chaqaloqlarda urug` tizimchasi kistasini davolash usullari.
  • Nafas yo`llari yot jismlarining diagnostikasi va davolash usullari
  • Chaqaloqlarda o`tkir gematogen epifizar osteomielitni xirurgik davolashni takomillashtirish
  • Bolalarda operatsiyalardan keyingi qorin bo`shlig`ida chandiqlar xosil bo`lishining oldini olish va davolash.
  • Bolalarda varikotseleni xar xil davolash usullarini taqqosiy baxolash
  • Bolalarda gipospadiyani xirurgik davolash natijalarini yaxshilash
  • Chaqaloqlarda orqa miya churrasini tashxislash va xirurgik davolash
  • Bolalarda urologik kasalliklarni davolashida yangi texnologik usullarini qo`llash.

  Bugungi kunda kafedrada ilmiy izlanishlar, SamMI 2-klinikasi bazasida joylashgan ko`p tarmo`li ilmiy-tekshirish laboratoriyasida o`tkaziladi. Ushbu laboratoriya klinik, bioximik, bakteriologik, immunologik, morfologik va eksperimental bo`limlarga ega.

  Kafedra xodimlari tomonidan xosobot davrida bitta  darslik, ikkta  O‘quv qo‘llanma, sakkizta Monografiya (shu jumladan bitta Rossidagi GEOTAR Media nashriyotida chop etilgan).  Ikkita O‘quv-uslubiy qo‘llanma/uslubiy ishlanma, 2 ta Uslubiy ko‘rsatmalar chiqarilgan.

  Shu bilan bir qatorda, bitta ixtiroga Patent va 14 EXM-dasturlarga guvoxnoma olingan.

  Kafedra xodimlari tomonidan xisobot davrida MDX davlatlarining  yetakchi tibbiyot  OTM lari va ilmiy tekshirish institutlari bilan bolalar xirurgiyasining dolzarb muammolariga bagishlangan 12 ta vebinarlar o‘tkazildi

  Kafedrada faoliyat ko`rsatayotgan professor-o`qitivchilar tomonidan ilmiy tadqiqot izlanishlarining dastlabki natijalariga kura 155 ta maqolalar nashr qilingan. Shundan, 13 ta maqolalar Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan jurnallarda, 107 tasi xorijiy juranallarda va 35 tasi respublika jurnallarida chop etilgan.

  44 ta Xorijiy va 38 respublika Ilmiy amaliy konferensiyalarning to`plamlarida tezislar chop etilgan.

  Kafedra xodimlari bir kator Xorijiy va respublika konferensiyalarida ishtirok etib sertifikat va diplomlarni qo`lga kiritib kelishmoqda.