×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Neyroxirurgiya kafedrasida Universitetining Davolash, Pediatriya, Tibbiy pedagogika, Stomatologiya, Tibbiy profilaktika, Xalqaro ta’lim fakultetlari 2-, 4-, 5-, 6-kurslari talabalari «Neyroxirurgiya», «Harbiy-dala xirurgiyasi» fanlari dasturlari asosida tahsil olishadi.

  Kafedrada Neyroxirurgiya ixtisosligi bo’yich magistratura va klinik ordinatura yo’nalishlarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Malaka talablari;

– Davlat ta’lim standarti;

– Namunaviy o’quv dasturi;

– Ishchi o’quv dasturi;

  Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:

– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;

– tasdiqlangan tashxis standartlari;

– xalqaro tavsiyalar;

Assistent N.O’. Norqulov amaliy mashg’ulot o’tmoqda

Professor A.M. Mamadaliyev ma’ruza o’qimoqda

  O’qitish jarayonida qo’llaniluvchi quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Kafedrada telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning, operatsiyalar videofilmlarining yagona banki mavjud. Bundan tashqari Universitetning veb saytidagi talabalarni masofadan o’qitish tizimi - mt.sammi.uz onlayn platformasida kafedrada o’qitiluvchi «Neyroxirurgiya», «Harbiy-dala xirurgiyasi» fanlarini o’qitish bo’yicha barcha imkoniyatlar yaratilgan.

  Kafedra kutubxonasi:

  • Кutubxonada o’zbek, ingliz va rus tillaridagi 40 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni operatsiya qilish bo’yicha operatsiya zallarida va muolaja xonalarida kuzatib borish imkoniyati tashkil etilgan.