×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Yuqumli kasalliklar kafedrasida 4,5,6 kurs pediatriya, 5 – kurs tibbiy pedagogika, davolash ishi, 4-kurs tibbiy profilaktika, 4-kurs stomatologiya, 1-kurs oily xamshiralik ishi, 3-kurs tibbiy biologiya, 2-kurs xalq tabobati, 4-kurs davolash (Koreya davlati fuqarolari) fakulteti talabalari «Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari», «Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya», «Infeksion nazorat», «Klinik epidemiologiya», «Parazitologiya» fanlari dasturlari asosida taxsil olishadi.

  Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan bo’lib«Yuqumli kasalliklar», «Bolalar yuqumli kasalliklari» mutaxassisliklari bo’yicha amaliy va nazariy dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedrada magistr va klinik ordinatorlarni mutaxassislikga doir bilim va ko’nikmalarini o’quv yili davomida muntazam ravishda amalga oshirilib borilishi kafedra professor-o’qituvchilari va shifoxona shifokorlari bilan birgalikda olb boriladi.

  Yuqumli kasalliklar kafedrasida respublikamizning boshqa tibbiyot oliygohlarini professor-o’qituvchilari bilan xamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan bo’lib, o’quv yili davomida mutaxassislikga oid ma’lumotlar o’zaro almashinishinib boriladi.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– tasdiqlangan davolash standartlari;

– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Yuqumli kasalliklar kafedrasida o’quv jarayonini tashkil qilinishida telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:
  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 80 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Kafedra kutubxonasini boyitilishi xar yili, muntazam ravishda yangilanib boriladi. Kafedra xodimlari respublikamizni boshqa tibbiyot oliygoxlari, kollej va texnikumlari bilan xamkorlikda o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar yaratib borishadi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ustida ishlash uchun barcha bemorlarda klinik tekshiruvlar, instrumental tekshiruvlar (UTT, fibroskan), umumiy va biokimyoviy taxlillar orqali, bakteriologik va serologik tekshirish usullari yordamida (kulturalar, IFA, PZR) tashxislash amaliyoti tashkil etilgan.