×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Fakultet terapiya kafedrasi 1932-1933-o’quv yillarida tashkil etilgan. Kafedra Samarqand shahar 1-klinika shifoxonasi bazasida joylashgan. Birinchi kafedra mudiri A.M. Krasnopolskiy bo’lib, u gastroenterologiya muammolari bilan shug’ullangan.

  1935-1942 yillarda dotsent P.I. Denisova kafedra mudiri bo’lgan. Uning raxbarligi ostida A.J. Jalalov nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qilgan.

  1942-1949 yillarda kafedra mudiri professor T.S. Mnasakanov bo’lgan, hamda u shu yillarda institutda dekan va prorektor lavozimlarida ish olib borgan.

  A.K. Odilov rektor bo’lishi bilan bir vaqtda 1954-1957-yilgacha kafedrani boshqargan.

  1957-1986 yillarda Fakultet terapiya kafedrasini mudiri bo’lib, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi t.f.d., professor Mirzayan N.A. boshqargan. Uning qo’l ostida 2 ta doktorlik va 27 nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

  1986-1996 yillar Respublikada xizmat ko’rsatgan shifokor professor N.M. Kamalov Samarqand tibbiyot institutida rektor hamda kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. Kamalov N.M. rahbarligida 7 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. O’zbekistonda birinchi marta «Ichki kasalliklar» darsligi nashr etildi.

  1996-1997 o’quv yillarida kafedrani prof. F.S. Tadjiyev boshqargan. 1997 – 1999 yillarda prof. G.X. Xaydarova kafedra mudiri lavozimida salmoqli faoliyat yuritgan.

  1999-2002 yillarda 1-son ichki kasalliklar kafedrasitashkil qilingan, uning tarkibiga Fakultet terapiya kursi kirgan, kafedrani dots. U.B. Samiyevboshqargan.

  2002- yil Fakultet terapiya t.f.n. Sattarov R.R. boshqaruvi ostida kafedra yana alohida bo’ladi va shahar markaziy shifoxonasi bazasiga joylashadi. 2005 – yildanboshlab kafedra «Fakultet terapiya va gematologiya» nomini oladi.

  2002- yil Fakultet terapiya t.f.n. Sattarov R.R. boshqaruvi ostida kafedra yana alohida bo’ladi va shahar markaziy shifoxonasi bazasiga joylashadi. 2005 – yildanboshlab kafedra «Fakultet terapiya va gematologiya» nomini oladi.

  2012 yildan buyon hozirgi kunga qadar kafedrani t.f.d., professor Shodikulova G.Z. boshqarib kelmoqda. Shodikulova Gulandom Zikriyayevna 1976 yil 06 yanvarda Samarqand tumanida tug’ilgan. O’rta maktabni tugatgandan so’ng, 1993 yilda Samarqand davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetiga o’qishga qabul qilingan va 2000 yilda muvafaqiyatli tamomlagan. Institutni tamomlagandan so’ng 2002 yilda ichki kasalliklar propidevtikasi qoshida klinik ordinaturaga o’qishga qabul qilingan va 2004 yilda muvafaqiyatli tamomlagan. Ordinaturani tamomlagandan so’ng SamDTI ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi aspiranturasiga o‘qishga kirgan va t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini 2008 yilda himoya qilgan. 2008 yildan 2012 yilgacha SamDTI ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi assistenti. 2012 yildan hozirgi kungacha SamDTU 3 ichki kasalliklar kafedrasi mudiri. Shodiqulova G.Z. 2015 yilda SamDTI 3 ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti ilmiy unvonini oldi. 2017 yilda DSc ilmiy darajasiga nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2022 yilda Samarqand davlat tibbiyot universitetining 3 ichki kasalliklar kafedrasi professori ilmiy unvonini oldi.

  2013-yildan boshlab kafedra «3-Ichki kasalliklar va endokrinologiya» nomini oldi. 2021-yil boshlab “3-Ichki kasalliklar” nomini oldi.

    2020-yil kafedra mudiri ilmiy raxbarligida doktorant Babamuradova Z.B., PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Mavzu: “Значение фенотипических, генетических маркеров на развитие, течение и раннюю диагностику недифференцированной дисплазии соединительной ткани”. 2021-yil kafedra assistenti Pulatov U.S., PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Mavzu: “Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda anemiyani kechishi va davolash samaradorligiga gaptoglobin fenotiplarining ta’siri” va Absalamova N.F. Mavzi: “Tizimli qizil yugirik bilan bemorlarda parodontning yalligʼlanish kasalligini davo-tashxisot yondashuvini optimallashtirish”. 2022 – yil kafedra assistenlari Mirzayev O.V., PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Mavzu: “Biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasining Samarqand va Jizzax viloyati misolida tarqalishi va kechishining o‘ziga xosligi” va kafedra assisteni Ergasheva M.M., PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Mavzu: “Revmatoid artrit bilan kasallangan ayollarda ikkilamchi osteoartrozning klinik kechishi, diagnostikasi va davolashning o‘ziga xos xususiyatlari”.