×
Menu
  • The State flag of the Republic of Uzbekistan
  • The State Emblem of the Republic of Uzbekistan
Close Menu

Faculty history

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakulteti

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining 2023 yil 25 mayda 249 AF sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 iyul “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 421-sonli qarori ilovasi bilan tasdiqlangan nizomiga muvofiq universitetda “Qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyatini tashkil ettirish bo‘limi” negizida “Qo‘shma ta’lim fakulteti” tashkil qilindi. Qo‘shma ta’lim fakulteti Universitet fakultetlari ichidagi eng yosh fakultet bo‘lib Qo‘shma dasturlar asosida faoliyat yurituvchi yagona fakultetdir. O'zbekistonni Janubiy va Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bilan bog'laydigan Qo‘shma ta’lim fakulteti talabalarga mintaqadagi eng yuqori darajadagi oliy t’lim muassasida o’qish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.

    Biz o'z ta'lim tizimimiz orqali bilimlarni, chuqur tadqiqotlar va akademik mahoratni butun mintaqaga yoyishga intilamiz. Asosiy kampusi Samarqand shahrida joylashgan Qo‘shma ta’lim fakultetsh negizida 26 ta akademik bo'limlar - fundamental fanlar va kasalxonalardagi klinik bo'limlar bilan shartnomalari mavjud. Bundan tashqari, biz talabalarimizni qo‘shma dastur asosidagi OTMlarda sifatli ta’lim va amaliy ko‘nikmalarni to‘liq olishini ta’minlaymiz.