YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy ta’lim byurosi 2022-yil uchun «Ta’limni qayta tiklash uchun ta’lim innovatsiyalari» mavzusida «Wenhui» mukofotiga tanlov e’lon qildi.
Mukofotga nomzodlik shaklini to‘ldirishda quyidagi hujjatlarga e’tiborli bo‘lish zarur:
- Konsepsiya;
- Nomzodlik shakli;
- Innovatsiyalar xulosasi uchun shakl;
- Tez-tez so‘raladigan savollar.
Bundan tashqari, mukofotga da’vogarlik qilayotgan nomzod quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:
- Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi YUNESKOga a’zo davlatlar fuqarolari bo‘lishi;
- XXI asrda ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarga mos keladigan hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan innovatsion amaliyotlar ishlab chiqqan va joriy qilgan bo‘lishi;
- Nomzodlarning innovatsiyalari Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ta’lim imkoniyatlari va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi;
- Ta’limni ommalashtirish, ta’lim sifatini oshirish va ta’limni rag‘batlantirishga qat’iyatli munosabatda bo‘lishi kerak.
Ariza beruvchilar barcha talab qilinadigan materiallarni «Wenhui» mukofoti kotibiyati elektronmanziliga(Wenhui.Award@unesco.org) 2023-yil 27-yanvarga qadar (Bangkok vaqti (UTC+7) taqdim etishlari lozim.
Tanlov to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni quyidagi veb-sahifa orqali olishingiz mumkin: https://bangkok.unesco.org/content/wenhui-award-2022-call- applications-nominations-educational-innovations-learning-recovery-unesco.
Shuningdek, to‘liq ma’lumot quyidagi ijtimoiy tarmoqlardagi havolalarda mavjud: https://facebook.eom/unescobangkok/posts/pfbid034oCqWVL8JJt8M44D8OULLc DBw hamda https://twitter.com/unescobangkok/status/1585904282939052032
Xalqaro hamkorlik bo’limi