Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdan maqsad, bo‘lajak tibbiyot xodimlarini davlatimizning ustivor g‘oyalariga mos, halqaro e’tirof etilgan yuksak saviyali, raqobatbardosh, sog‘lom ruhiyatli tibbiyot mutaxassislarini tarbiyalash va ularga muntazam ilmiy-ijodiy va amaliy ko‘mak berishdir. Yechimini kutayotgan va paydo bo‘layotgan dolzarb tibbiy muammolarni mohiyatini aniqlash, ilmiy izlanishlar olib borish orqali zamonaviy yechimlar ishlab chiqish, olingan yangi ilmiy ma’lumotlarni halqaro maydonga olib chiqish va nufuzli tibbiyot oliygohlaridagi faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislar bilan hamkorlik qilish, hamda yurtimiz, mintaqamiz yoxud dunyo tibbiyotini yanada rivojlantirishda munosib o‘rniga ega bo‘lishdir. Global ekologik o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bugungi kunda, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan – immunologik, immunpatalogik, allergik kasalliklari tobora ortib borayotganligi sababli kafedramizning ilmiy yo‘nalishi bu muammolarni mantaqamizdagi o‘ziga xosligi ilmiy jihatlarini o‘rganish orqali amaliy tibbiyot poydevorini mustahkamlashga qaratilgandir.
Kafedraning barcha ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Joriy yilda 1 nafar xodim PhD nomzodligini (Xudayarova G.N.) muvaffaqiyatli yoqladi. 3 nafar xodim mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat olib bormoqdalar. Shu yilning birinchi choragidayoq kafedra xodimlarining 70 dan ortiq maqola va tezislari halqaro va respublika ilmiy jo‘rnal va to‘plamlarida chop etilib scholar.google. halqaro tizimida 3200 dan ortiq iqtiboslikka erishdilar.