Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi davrda kafedra jamoasida 2 ta t.f.d., professor, 1 ta t.f.d., dosent, 1 ta t.f.n., 1 ta katta o`qituvchi, 6 ta assistant, 2 tayanch doktorant va 1 ta magistr ishlamoqda. Kafedrada kafedra mudiri boshchiligida va professorlar T.D.Dehqonov xamdaS.A.Blinovalarning bevosita ishtirokida “Hazm nayi va nafas olish tizimi a’zolari immun, nerv va endokrin boshqarilishining morfologik asoslari” ilmiy yo’nalishi bo’yicha tanlangan mavzular asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra xodimlari ilmiy raxbarligida quyidagi nomzodlik (PhD) va doktorlik (DSc) dissertatsiyalari buyichailmiy mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

  1. “Postreproduksion davrda ingichka ichak neyroendokrin tuzilmalar morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiyasi”. Mustaqil izlanuvchi F.I.Xolxujaev, ilmiy rahbar t.f.d., dotsent F.S.Oripov.
  2. “O‘t pufagi mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘lmagan sut emizuvchilarda fater so‘rg‘ichi va jigarning qiyosiy morfologiyasi”. Mustaqil izlanuvchi Z.M.Raxmonov, ilmiy rahbar t.f.d., dotsent F.S.Oripov.
  3. “O‘t pufagi nerv apparatining orqa miya va charvi nerv tugunlari orasidagi innervatsiya aloqalarning morfologik asoslari”. Mustaqil izlanuvchi X.N.Raxmonova, ilmiy rahbar t.f.d., professor T.D.Dexqonov.
  4. “Qizilo‘ngach intramural nerv apparatining morfologiyasi va eksperimental jigar sirrozi hamda pestitsid ta’siridagi reaktiv o‘zgarishlari”. Tayanch doktorant A.X.Xamraev, ilmiy rahbar t.f.d., dotsent F.S.Oripov.
  5. “Eksperimental jigar sirroze sharoitida to‘g‘ri ichak intramural nerv, diffuz endokrin va immun appparatlarning morfologiyasi”. Mustaqil izlanuvchi A.R.Mamataliev, ilmiy rahbar t.f.d., dotsent F.S.Oripov.
  6. “Ingichka ichak nerv va endokrin apparatining postnatal ontogenezdagi morfologiyasi va eksperimental xolestaz holatidagi xususiyatlari”. Mustaqil izlanuvchi B.I.Djurakulov, ilmiy rahbar t.f.d., dotsent F.S.Oripov.

  Kafedra faoliyati davomida 7 ta doktorlik, 26 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan, 10 dan ortiq monografiya, 120 dan ortiq o‘quv va ilmiy uslubiy tavsiyanomalar, 900 dan ortiq ilmiy maqolalar, 36 ta ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqilgan. Jumladan 2022 yilda 3 ta monografiya, 46 ta ilmiy maqolalar (6 ta Scopus jurnallarida), 30 dan ortiq tezislar chop etilib, 8 ta EXM dastur ishlab chiqilgan.

Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan monografiya va o'quv qo'llanmalar.

Muallifning ismi sharifi

Chop etilgan qollanmaning nomi

1

Blinova S.A., Islamov Sh.E., Maxmatmuradova N.N.

Funktsionalnaya morfologiya nadpochechn’x jelyoz kr’s, podvergnut’x vozdeystviyu xloratom magniya.

2

Dexkanov T.D., Dexkanova N.T., Raxmonov Z.M.

Svarnitel’naya morfologiya strukturnoy organizatsii i rel’efa slizistoy obolochki ampul faterova sosochka.

3

X.Nurboyev., K.Xalikov., M. Isakulova., D.Toshmurodov., F.Oripov.

“Pirimidinov’ye osnovaniya i ix reaktsionnaya sposobnost”

4

Shamsiev A.M., Oripov F.S.

Morfologiya immunoneyroendokrinnыx struktur toshey kishki u eksperimentalnix jivotnix

5

Dexkanov T.D., Xusanov E.U.,

Raxmonov Z.M.

Yonbosh ichak neyroendokrin sistemasining ontogenezi va reaktiv o‘zgarishlari.

6

Blinova S.A., Xamidova F.M.

Strukturnыe komponentы gortani i uyo endokrinnыy apparat pri eksperimentalnom laringite

7

S.A.Blinova., T.D.Dexkanov., F.S.Oripov., N.B.Yuldasheva.

Normalnыy i patologicheskiy embriogenez litsa i rotovoy polosti.

8

S.A.Blinova., F.S.Oripov., Z.E.Jumanov., N.B.Yuldasheva.

Yuz va og‘iz bo‘shlig‘ining normal va patologik embriogenezi.

9

S.A.Blinova., F.S.Oripov., N.B.Yuldasheva.

Umumiy gistologiyadan amaliy mashg’ulotlarga mustaqil tayyorlanish uchun gistologik preparatlar diagnostikasidan o’quv-uslubiy tavsiyanoma.

10

Boyqo‘ziev X.X., Bobojonov SH.SH., Dehqonova N.T., Xamraev A.X.,Yuldasheva N.B., Djurakulov B

Embriologiyadan mustakil uzlashtirish uchun ukuv – uslubiy tavsiyanoma

11

Boyqo‘ziev X.X., Dehqonova N.T., Xamraev A.X.,Djurakulov B .

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiy biologik fanlarni ukitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish

12

Oripov Firdavs Sur’atovich

Nekotore innovatsionne metod izucheniya morfologii toshey kishki v rannix srokax ontogeneza