×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedra xodimlari joriy yilda "Hamroh kasalligi bo’lgan xirurgik bemorlarda anesteziologik qo’llanma usullarini takomillashtirish" yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar.

  Ilmiy ishlar olib borishda jami 12 ta professor-o’qituvchixodimlar qatnashdilar. Shulardan 1 ta kafedra mudiri t.f.d., professor, 1ta t.f.n., dotsent 10 ta assistyent faoliyat ko’rsatdilar.Joriy yilda 25 nafar klinik ordinatorlar va 3 ta magistrlar ta’lim oldilar.Shulardan 1 tasi magistraturani tugatib kafedrada assistent stajor lavozimiga ishga qabul qilindii. Joriy yilda 1ta magistr, 8 ta klinik ordinator 1-kursga qabul qilindi.

  Kafedraningo’quv bazalari SamDTU ko’p tarmoqli klinikasi reanimasiya bo’limida, viloyat ko’p tarmoqli bolalar tibbiy markazida, viloyat kardiologiya markazida joylashgan.

  2021-22 -o‘quv yilida jami bo’lib 75 ta ilmiy maqolalar, tezislar va 4 o’quv uslubiy va uslubiy tavsiyanomalar chop etilgan. Shulardan uzoq chet davlatlarga- 10ta, MDX mamlakatlarida -20ta, Respublika miqyosida -45ta, 4- EVM dastur, 1ta monografiya, 3ta o’quv qo’llanma. 3 –ta Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda maqola chop etilgan. Urtacha har bir xodim uchun 7 maqolalar va ilmiy ishlar to‘g‘ri keladi. Kafedrada 4 ta mustaqil izlanuvchilar faoliyat olib bormoqdalar.

  TIJ da qatnashadigan iqtidorli talabalarimiz BuxDTI, AndDTI, TTA, SamDTU, ToshPTI da bo’lib o’tgan xalqaro olimpiadalar va ilmiy konferensiyalarda faol qatnashib sovrinli urinlarni egallab,12 ta diplom va 10 ta sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 2021 yilning noyabr oyida kafedraning TIJ a’zolari Rossiyaning Omsk davlat medisina universitetida “SHoshilinch tibbiy yordam” fanidanbo’lib o’tgan xalqaro talabalar olimpiadasiga qatnashib 46 ta komanda o’rtasidanfaxrli 6 - o’rinni egallab xalqaro sertifikat bilan taqdirlandilar.