Kafedrada 3, 4, kurs Pediatriya fakulteti talabalari «Pediatriya» fani, 3 – kurs tibbiy – pedagogika, davolash ishi, tibbiy profilaktika,tibbiy biologiyafakulteti talabalari «Tibbiy genetika» fani, Stomatologiya fakulteti 4-kurs talabalari «Pediatriya, Tibbiy genetika» fani, «Tibbiy genetika asoslari» fani 2 kurs qo`shma dastur asosida hamda 1 kurs MBBS talabalari ‘Uxod za pediatricheskimi bolnimi’ fani bo`yicha taxsil olishadi.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (mt.sammu.uz.).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi
Kafedra kutubxonasi:
• Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 40 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
• Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni palatalarda, ultratovush va EKG diagnostika xonalarida ko’rish tashkil etilgan