Kafedrada I kurs oliy hamshiralik ishi, II kurslar: davolash, pediatriya, tibbiy biologiya, tibbiy profilaktika, stomatologiya, xalq tabobati fakultetlari, III kurs farmatsiya fakulteti talabalari “Biologik kimyo” fani, IV kurs tibbiy biologiya fakulteti talabaralari “Tibbiy biokimyo” fani dasturi asosida tahsil oladi.
Kafedrada xalqaro qo`shma dastur stomatologiya fakulteti I va II kurslar talabalari “Биохимия и полостьи рта” fani dasturi asosida tahsil oladi .
Kafedrada xalqaro qo`shma dastur davolash fakulteti va pediatriya fakultetlari II kurs talabalari “Биохимия” va “Клинические аспекты по биохимии” fani dasturi asosida tahsil oladi.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud
Kafedrada ish yuritish ma'lumoti
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
1. Ma'ruzalar modul sistemasi bo‘yicha 2 soatdan har bir oqimga.
2. Amaliy mashg‘ulotlar har haftada bir marta 2-4 soatdan. Interfaol usullar yordamida o’qitiladi.
3. Talabalarining mustaqil ishi har shanba kuni soat 08-00 dan to 14-00gacha. Navbatchi o‘qituvchi nazorati ostida.
4. Talabalarning o‘quv tadqiqot ishi-100% talabalar qatnashadi.
Kafedrada talabalar mustaqil ishini yo‘lga qo‘yilishi.
Biologik kimyo kafedrasida talabalarning mustaqil ishlarining turlari quyidagilar:
1. Laboratoriya mashg`ulotlarini kafedradagi laboratoriya jihozlari va analizatorlar yordamida o’qitish.
2. Internet ma'lumotlaridan foydalangan holda referatlar yozish.
3. Yangi mavzularga internet ma'lumotlar orqali tablitsalar tayyorlash.
4. Fan mavzulari bo‘yicha interaktiv o‘yinlar tayyorlash.
5. Krossvordlar tuzish.
6. Mavzu bo‘yicha treninglar tuzish.
Talabalar bilimini baholash, talabalarni davomati va fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ma'lumotlari.
Biologik kimyo fani bo‘yicha talabaning bilimini nazorat qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi OUMTVning 2010 yil 25 avgust № 333 sonli buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash reyting nizomi» ga muvofiq va institut rektorining 2013 yil 12 sentyabrdagi № 43 sonli «Institutda o‘quv mashg‘ulotlarini modul tizimida tashkil etish to‘g‘risida» gi, 2013 yil 19 dekabrdagi «Institutda o‘quv mashg‘ulotlarini moodle.sammi.uz intranet elektron o‘qitish tizimida tashkil etish to‘g‘risida»gi № 951/U sonli buyruqlari, hamda SamDMI ilmiy kengashining, 2016 yil 15 iyundagi № 9 sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Kredit - modul' tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishda talabalar bilimini baholash va nazorat qilish uchun tavsiyanoma» asosida olib boriladi, va quyidagicha amalga oshiriladi.
Talabalarning o‘quv jarayonini baholash tartibi.
Baholash- bu talabalarning o‘quv jarayonini tugallash bosqichlaridan biri bo‘lib, talabaning o‘quv jarayonini o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatadi.Baholash jarayonini: og‘zaki so‘rov, test, yozma ish, amaliy ko‘nikmalar natijasi belgilaydi.
Modul tizimi bo‘yicha baholash, joriy o‘quv jarayoni baholariva yakuniy modul nazorati natijalari yig‘indisi asosida, ananaviy 4-baholik sistema bo‘yicha qo‘yiladi.
YaN o‘tkizish fakul'tet dekanati tomonidan tuzilgan grafik asosida institut ARMi kompyuterlarida MO‘M testlaridan foydalangan tarzida, dekan o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkiziladi va baholanadi .
Kafedra kutubxonasi:
• Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 100 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
• Elektron kutubxona darslik, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun kafedrada mustaqil islah honasi tashkil etilgan, talabadarsdan bo`sh vaqtida o`z ustida ishashi uchun barcha sharoitlar mavjud. Mavzuga oid har qanday ma`lumotni olishi mumkin. Shu bilan birga kafedra laboratoriya xonasida turli xil tahlil o`tkazishi mumkin.