×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

    Pedyatriya fakultetining xirurgik kasalliklar kafedrasi 1980-yil Samarqand davlat tibbiyot instituti, Samarqand shahar 1-son klinik shifoxonasi bazasida tashkil qilingan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Karabayev Xudoyberi Karabayevich ushbu kafedrani 1980-1997 yillarda boshqargan. Bu davrda kafedra 200 dan ortiq ilmiy ishlar va 2 ta kondidatlik va 1 ta doktorlik disertatsiyalari himoya qilingan.

Karabayev X.K.

    1997-yildan 2006-yilgacha «Pedyatriya fakultetining xirurgik kasalliklar» kafedrasida professor Salamov Abduraxim Salomovich mudirlik qildi. Bu davrda xodimlar tomonidan 2 ta monografiya, 246 ta ilmiy pedagogic maqolalar, 14 ta o`quv-metodik qo`llanmalar chiqarildi. Ushbu yillar davomida kafedra xodimlari «Meda va o`n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, qon ketish asoratini» chuqur va mukammal o’rganishdi.

Salamov A.S.

    2006-yildan 2014-yilgacha kafedra mudirligi lavozimini professor Abdullayev Sayfulla Abdullayevich bajargan. 1992-yil “Ko`krak va qorinning yopiq qo`shma jarohatlari diagnostikasi va davolash” bo`yicha doktorlik disertatsiyasini himoya qilgan. Bu davrda 250 dan ortiq ilmiy ishlar, 16 ta o`quv-metodik qo`llanmalar, 8 ta rasionanalizatorlik taklifi, 1 ta to`plam va 1 ta monografiya muallifi bo`lgan.

Abdullayev S.A.

    2014-yildan xozirgi kungacha kafedra mudirligi lavozimini tibbiyot fanlari doktori Babajanov Axmadjon Sultanbayevich bajarib kelmoqda. 2007-yil «Совершенствование технологии экстракорпоральной детоксикации на этапах хирургического лечения больных с механической желтухой» mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 150   dan ortiq ilmiy ishlar, 24 ta o`quv-metodik qo`llanmalar, 19 ta raionanalizatilik taklifi muallifi.