×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  1974 yilda Samarqand onkologik dispanseri asosida Samarqand davlat tibbiyot institutining shifoxonalar xirurgiyasi kafedrasida onkologiya kursi tashkil etildi. Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Musayev Tolib Musayevich kurs rahbari etib tayinlandi.

N.M.Musayev

  Bundan tashqari kursga assistentlik lavozimida t.f.n. Xasanov Sh.R., t.f.n. Xutiev Ts.S. va Krasnaya M.G. ish yuritgan. 1975 yilda esa assistent lavozimida Minnullin I.R. ishga olingan.

1976 yildan boshlab o'quv yuklamasi oshishi munosabati bilan onkologiya kafedrasi tashkil qilindi va quyidagi xodimlar t.f.n., Ravshanov T.R. va t.f.n. Xoshimov U.O. ishga olingan.

U.O.Xoshimov

1991 yilda tanlov asosida professor Xasanov Shavkat Rizayevich kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. Kafedrada ma'sul bo'lgan paytda uning rahbarligida bitta doktorlik va to'rtta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

SH.R.Xasanov

  2017-2021 yilda kafedrani t.f.n., dotsent Abduxalilov Majid Mamatqulovich boshqarib keldi.

Djuraev M.D

  2021 yildan 2022 yil fevral oyigacha kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Djuraev Mirjalol Dexkanovich boshqarib keldi. Professor Djuraev M.D qisqa vaqt ichida ilmiy ishlar saloxiyati ancha oshirildi. Djuraev M.Dtomonidan 1 ta o’quv qo’llanma va 2 darsliklar, 50 dan ziyod ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Uning raxbarligida onkologiya kafedrasida ikkita PhD doktorlik dissertatsiyasi( Oripova M.R-2021y, Ortikova X.U-2022 y) himoya qildi.

    2022 yil yanvar - 2023yil fevral davomida kafedra mudirligini t.f.d., dotsent Raximov Nodir Maxammatkulovich.,

    2023 yil fevraldan - 2023yil sentabrgacha kafedra mudirligini PhD, Assistent Ortiqova Xilola Ubaydullayeva olib bordilar.

    2023yil sentabr oyidan boshlab kafedra mudirligini vazifasida PhD dotsent, Ulmasov Firdavs G’ayratovich ishlab kelmoqda.

    Bugungi kunda kafedrada 8 nafar xodim ishlaydi: professor Juraev M.D., dotsent Ulmasov F.G, dotsent Raximov N.M., dotsent Minnullin I.R., dotsent Karimova M.N., ass. Asatulayev A.F., PhD. Shaxanova Sh.Sh., ass. Kuliyev A.A.