Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

A meeting to improve financial literacy of SamSMU students was held

  Bugungi kunda aholining moliyaviy huquqlari hamda moliyaviy masalalar borasidagi bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish zamon talabiga aylanib ulgurdi. Bu borada tegishli organlar tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

  Joriy yilning 3-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirish va ularni turli firibgarlar tuzogʻiga tushib qolishlarining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankining Moliyaviy savodxonlikni oshirish departamenti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

  Uchrashuvda SamISI talabalari ham valantyor sifatida ishtirok etdilar. Tadbir davomida talabalarga moliyaviy bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish lozimligi, oʻz mablagʻlarini karta orqali tasarruf etishda diqqatli boʻlishlari, karta raqami va kodlari maxfiyligini saqlagan holda turli moliyaviy firibgarlardan ehtiyot boʻlishlari lozimligi uqtirildi. Shuningdek, bunday firibgarliklar qurboniga aylanib qolayotgan shaxslarning xatolari aks etgan videoroliklar yigʻilganlarga namoyish etildi.

  Uchrashuv davomida talabalar bilan suhbat oʻtkazilib, ularning savollariga huquqiy javoblar berildi.


SamDTU matbuot xizmati