Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTU qoshida muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi haqida e'lon!

  O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish, ular faoliyatida davlat ma’muriy boshqaruvini keskin kamaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli va 2019-yil 19-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 606-sonli qarorlariga asosan tibbiyot va farmasevtika ilm-fan tizimini rivojlantirish, oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 25-yanvardagi 16-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida SamDTU qoshida muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tuzildi.

  Universitet qoshida muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi 1-ilovaga muvofiq, Ekspert kengashi faoliyati to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq, ilmiy, amaliy va fundamental ishlanma, monografiya, o‘quv, uslubiy qo‘llanma, tavsiyanomalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

  Ekspert kengashi raisi etib Xalqaro ta’lim fakulteti dekani t.f.d. S.Mamaradjabov, kotib etib esa t.d.d. Sherbekov U.A. tasdiqlandi.

  Monografiya, uslubiy tavsiyasiyanomalar, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tabdig‘i bo‘yicha birinchi va ikkinchi xulosalar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz so‘raladi:

  • (66) 233 30 34 – Ilmiy bo’lim
  • +998 (99) 746 41 03 – Sherbekov U.A.