×
Menu
  • The State flag of the Republic of Uzbekistan
  • The State Emblem of the Republic of Uzbekistan
Close Menu

SamSMU holds conference dedicated to achive SDG5 "Gender Equality, Protection of Women from Oppression and Violence" as well as organized round-table to discuss impact of the university to achieve SDGs

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida xotin-qizlar maslahat kengashi hamda tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti tomonidan “Gender tenglik, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish” mavzusida konferensiya oʻtkazildi. Anjumanda universitet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

  Konferensiyada chiqishlar qilgan mutaxassislar tomonidan gender tenglik masalalari, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar, qabul qilingan qonunlar, qonun osti hujjatlari, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini oshirish, oilalar tinchligi, mustahkamligiga erishish, notinch oilalar, jabrlangan xotin qizlarga himoya orderlari berilishi, ijtimoiy reabilitatsiya markazlari faoliyati toʻgʻrisida taqdimotlar qilinib, maʼlumotlar berildi. Konferensiya davomida ishtirokchilar uchun mavzuga doir video filmlar ham namoyish etildi.

  Anjuman interfaol, jonli muloqot shaklida oʻtkazildi, qatnashchilar barcha berilgan savollariga malakali javoblarni oldilar.




SamDTU matbuot xizmati